"Real"ning yana bir futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 10:28
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Primero doirasida "Granada"ga qarshi o'yinda jarohatlandi.

Jarohat borasidagi ma'lumotlar va uning qachon safga qaytishi aniq emas. U o'yinning 34-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Real" lazaretida Tibo Kurtua, Marselo, Nacho Fernandes, Ferlan Mendi va Marko Asensio kabi futbolchilar bor.

Kroos ushbu mavsumda 10 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal