“Real”ning yana bir asosiy himoyachisi safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2021, 20:10
Madridliklar rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, Ferlan Mendi lazaretga yo'l oldi.

25 yoshli futbolchining chap oyoq mushaklari shikastlangan. U qachon safga qaytishi esa ma'lum emas, ammo fransiyalik La Liga doirasida yakshanba kuni o'tadigan “Xetafe”ga qarshi o'yinda maydonga tusholmasligi aniq.

Avvalroq, Serxio Ramos, Nacho, Dani Karvaxal va Lukas Vaskes safdan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com