“Real”ning qarzlari 541 million evroni tashkil etadi
08 okt 2013 14:44
Yangiliklar


“Real”ning qarzlari 541 million evroni tashkil etadi
Madridning “Real” klubida 90 million qarz borligi haqidagi malumot xato bo'lib chiqdi, deb xabar beradi AS.
Klub delegati o'qib eshittirgan rasmiy maruzada, klubning faqatgina banklar oldidagi qarzi aytib o'tilgan edi. Biroq “Qirollik klubi”ning umumiy qarzi 541 million evroni tashkil etadi.
Ushbu mablag' klubning futbolchilar, boshqar klublar, davlat va biznes-hamkorlari oldidagi qarzlaridan kelib chiqib ko'rsatilgan.
Bunday katta qarz klub oladigan foydaga salbiy tasir ko'rsatmay qolmaydi. Agar so'nggi yillarni olib qaraydigan bo'lsak, klubning foyda dinamikasi yiliga 12% dan oshib borgan bo'lsa, bu ko'rsatgich o'tgan yili atigi 1% ni tashkil etgan.

Fikrlar