"Real"ning moliyaviy holati juda yomon. Buning sababi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 12:42
"Real" bu mavsumda og'ir moliyaviy holatni boshidan o'tkazmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, "Santyago Bernabeu"ga kam odam borayotgani sababli klub katta yo'qotishlarga uchramoqda. So'nggi paytlarda uy o'yinlarida stadionning 30 mingga yaqin o'rindiqlari bo'sh turibdi va bu 2 million evro zarar keltirdi.

"Santyago Bernabeu"ning sig'imi 81 mingni tashkil qiladi. Bu mavsumda ushbu stadionga o'rtacha tashrif 63747 tomoshabinni tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca