"Real"ning ikki futbolchisi diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2024, 18:52
Futbolchilar keyingi o'yinda o'z jamoalariga yordam bera olishmaydi.

Madridning "Real" klubi himoyachisi Dani Karvaxal va yarim himoyachi Eduardo Kamavinga Ispaniya chempionatining 26-turidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "BeSoccer" xabar bermoqda.

Karvaxal "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda (1:1) maydondan chetlatildi. Kamavinga esa o'sha o'yinda sariq kartochka oldi, bu uning mavsumdagi beshinchi kartochkasi edi.

Shu tariqa, ikkala futbolchi ham "qaymoqranglilar"ning milliy chempionatdagi navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishga majbur.

"Real" – "Sevilya" uchrashuvi 25 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer