"Real"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
12 jan 22:34
Yangiliklar
Xabi Alonso bilan xayrlashgan "qirollik klubi" ko'pchilik kutganidek chetdan murabbiy qidirib o'tirmadi. Jamoaning sobiq himoyachisi va shu vaqtgacha "Kastilya" jamoasini boshqarib kelayotgan Alvaro Arbeloa asosiy jamoa boshqaruvini o'z qo'liga oldi.
Klub rahbariyati Arbeloaga to'liq ishonch bildirdi va u Xabi Alonsoning o'rnini zudlik bilan egalladi. Alvaro klub tizimini ichidan juda yaxshi bilishi va Florentino Peresning sevimli kadrlaridan biri ekanligi uning foydasiga ishladi.
Arbeloa 2025 yilning iyun oyidan buyon "Kastilya"ni boshqarib kelayotgan edi. U murabbiylik faoliyatini 2020 yilda "Real" akademiyasida boshlagan. 2020-2021 yilgi mavsumda "Infantil A" jamoasi bilan liga chempioni bo'lgan bo'lsa, keyinchalik "Kadet A" va "Xuvenil A" jamoalarini boshqardi. Xususan, uning boshqaruvidagi "Xuvenil A" 2022-2023 yilgi mavsumda "trebl" qayd etdi (Liga, Ispaniya Kubogi va Chempionlar kubogi), shuningdek, 2024-2025 yilgi mavsumda ham ligada zafar quchdi.
Futbolchi sifatida Arbeloa "Real" tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birining ishtirokchisi hisoblanadi. U 2009 yildan 2016 yilgacha qirollik klubi sharafini himoya qilib, 238 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan. Ushbu davr mobaynida u 8 ta sovrinni qo'lga kiritdi: 2 ta Chempionlar Ligasi, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, Evropa Superkubogi, La Liga, 2 ta Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi.
Ispaniya terma jamoasi safida esa Arbeloa 2010 yilgi Jahon chempionati hamda ikki karra Evropa chempioni (2008 va 2012) bo'lgan. U terma jamoa libosida jami 56 ta o'yin o'tkazgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar