So’nggi yangiliklar

11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  3 11:01"Бавария" қаторасига тўртинчи бор ПСЖни мағлуб этди — барчаси "қуруқ" ғалабалар  0 10:44Флик: "Сельта"га қарши 2:2дан кейин шундай ишончли ғалабага эришганимиз яхши бўлди"  9 10:22"Ман Сити" ярим ҳимоясини "Ньюкасл" вакили билан кучайтирмоқчи  0 10:00ПРО-Лига. 28-тур расмийлари билан танишинг: Муборакдаги баҳсда аёл ҳакам ишлайди!  2 09:31МЮ чап қанот ҳимоясига Раян Аит-Нурини сотиб олмоқчи  0 09:07Маркиньос: "Рақиб дарвозабоннинг ҳаракатларини чеклаб қўйганди"  0 08:43"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди  19 08:20"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти  5 07:56"Барса" ЕЧЛда қаторасига 4 та ғалабага эришди, умумий ҳисоб – 17:3  27 07:32Компани ПСЖ устидан қозонилган ғалабадан кейин: "Яна 1-2 та гол урганимизда ўйин анча хотиржам руҳда ўтарди"  3 03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  11 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  9

"Real"ga muxlislik qiladigan Mateo, Tiagoning maktabdagi o'rtoqlari, Neymar bilan do'stligi. Messi katta intervyu berdi Yangiliklar

"Real"ga muxlislik qiladigan Mateo, Tiagoning maktabdagi o'rtoqlari, Neymar bilan do'stligi. Messi katta intervyu berdi

Lionel Messi juda kam intervyu beradi, shu sababli uning har bir intervyusi - alohida voqea.

U Fox Sports Argentina telekanali efirida berilgan turli savollarga javob berdi. Biz ularning siz uchun qiziq bo'lganlarini yig'ib chiqdik.


Sevimli murabbiyi

JCH-2014 saralash bosqichi paytida terma jamoani Alexandro Sabelya boshqargan. O'shanda milliy jamoada rohatlanganman. Ha, o'sha bosqichni yomon boshlaganmiz, ammo keyin ajoyib g'alabalarga erishdik. Zafar quchsangiz yashash osonroqdek tuyiladi. Mag'lubiyatga uchramay JCH finaligacha chiqdik. Alexandro fenomenal va zamonaviy murabbiy bo'lgan.


Terma jamoada Maradona bilan ishlash haqida

O'sha paytlarda Sabelya davridagidek o'yinlardan rohatlanmaganman. Diegoda xohish, istak kuchli edi. Ammo bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi.


JCH-2014 finali

Bizga omad etishmadi. Germaniyaga qarshi o'sha final hamma narsani o'zgartirib yuborishi mumkin edi.


JCH-2018

Rossiyada biz bilan sodir bo'lgan narsalar juda qiyin tuyildi. Agar turnirni g'alaba bilan boshlaganimizda, hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Islandiya darvozasiga urilmagan penaltida men aybdorman. G'alaba qozonganimizda ikkinchi o'yinni boshqacha o'tkazardik. Xorvatiya bilan qo'rqinchili hech narsa sodir bo'lmadi, ammo xato tufayli hammasi o'zgarib ketdi.

Nigeriyaga qarshi bahsda durang o'ynashga haqqimiz yo'qligini tushundik. Musobaqani bunday yakunlasak, Argentinaga qaytganimizda bizni o'ldirishlarini yaxshi bilardik.

Kiyinish xonasida sodir bo'ladigan voqealarni gapirishni yoqtirmayma: Jamoa ichida sodir bo'lgan narsa o'sha erda qolishi kerak, menga shunday o'rgatishgan. Ammo ha, ko'plab vaziyatlarda Rossiyadagi turnir men uchun noodatiy JCH bo'ldi. SHu gap bilan cheklanaman.


Terma jamoadagi faoliyati

Milliy jamoada biror sovrin yutsamgina Argentinadagi faoliyatimni yakunlayman. Yoki barcha imkoniyatlardan foydalanib bo'lganimni tushunsam bu ishni qilaman. Ha, terma jamoada o'ynashimni yoqtirmaydigan, meni ko'p tanqid qiladigan odamlar bor. Ammo men yana va yana urinib ko'rishni xohlayman. Yiqilasiz, biroq yana o'rningizdan turasiz - bu hayot. Biror narsaga yorishamizmi yoki yo'q, natijasi faqat yaratganga ayon. Qaror va so'nggi so'z doimo u tomondan bo'ladi.


Mag'lubiyatlar haqida

Mag'lubiyat doimo og'riqli bo'ladi, ammo birinchi farzandim dunyoga kelganidan so'ng muvaffaqiyatsizlikka bo'lgan munosabatim o'zgardi. O'yin natijasi - hayotimdagi eng muhimi bo'lmay qoldi. Mag'lubiyat har doim alamli, ammo uyga kelib, bolalarim va xotinimni ko'rganimda, o'zimni engil his qilaman. Avvallari xonaga qamalib olib, televizor ko'rishni, ovqatlanishni istamasdim. Endi oilam bilan stol atrofida o'tirishga majburman. Hozir ham mag'lubiyatlardan xafa bo'laman, ammo ularni boshqacha qabul qilaman.


O'z o'yinlarini ko'rishi haqida

O'zimni televizorda ko'rishni yoqtirmayman, men uchrashuvlarni qaytadan tomosha qiladiganlardan emasman. O'yinlarni takroran ko'rmayman, chunki bahsda ishtirok etib, u haqida o'z fikrim paydo bo'ladi.


O'g'illari

Tyago futbol bilan yashaydi, doimo to'p tepishni, uchrashuvlarni tomosha qilishni xohlaydi. U "Barselona"ning mag'lubiyatlaridan hafa bo'ladi. Mateo hali kichkina, shu sababli u mag'lubiyatlarni jiddiy qabul qilmaydi. To'g'risini aytaman, u akasining jahlini chiqarishni yaxshi ko'radi. SHu sababli, biz "Real" o'yinlarini tomosha qilsak, Mateo gollardan xursand bo'ladi. Ha, u "Real" muxlisi.

Oldinroq Mateo menga bizni mag'lub etgan "Liverpul"ga muxlislik qilishini aytdi. "Valensiya" bilan bahsda ham shunday bo'ldi: "Valensiya" yutdi - men "Valensiya"danman".


Futboldan tashqaridagi hayoti haqida

Xotinim bilan bolalarni maktabga olib boramiz. U erda o'g'illarimning do'stlari ko'p. Ular doimo biror narsa bilan band. Sinfdagi boshqa bolalar ota-onalari bilan yaxshi munosabatdamiz, xotinim ular bilan WhatsAppda guruh ochib olgan.

SHu bilan birga bolalarim klub akademiyasida shug'ullanishadi, futbolchilar farzandlari uchun alohida kategoriya mavjud. Tiago ikki yildan beri mashg'ulotlarda, bu yil Mateo uchun birinchisi. Ularning mashg'ulotlarini tomosha qilishga boramiz, ko'pincha bizga Luis Suares hamrohlik qiladi - uning o'g'li Tiagoning tengquri. Luis bilan kechalar uyushtiramiz.

Zerikishni boshlasam, internetga kiraman va turli xaridlarni amalga oshiraman.


JCH-2022da o'ynash rejalari haqida

Jiddiy jarohatlar olmay, o'sha vaqtgacha to'p tepishga umid qilaman. JCHga hali ancha bor, shu sababli unda ishtirok etamanmi yoki yo'q, buni bilmayman. Faoliyatimni uzoqroq davom ettirishni istayman. Futbolni yakunlaganimdan so'ng nima bo'lishini o'ylashdan qo'rqaman. Doimo futbolchi bo'lishni orzu qilganman, hayotimni bu sport turi bilan bog'ladim. Uyda o'tirib, nima bilan mashg'ul bo'lishni bilmaslik qiyin.


Murabbiy bo'lish haqida

Bunday bo'lmasa kerak. O'zimni bu rolda ko'rmayapman.


Argentinaga qaytish haqida

Bolaligimda "Nyuells Old Boys"da o'ynashni orzu qilardim, hozirgacha bu klub muxlisiman. Albatta, hozirgacha bunday niyat bor. Ammo nima bo'lishini bilmayman. Oilam, bolalarim bor. Tiagoning ajoyib do'stlari bor, o'g'limni ulardan ajratmoqchi emasman. Ular anchadan beri tanish.

AQSH yoki Argentinaga yo'l olgan paytimizda, Kataloniyaga qaytmasligimizni aytib hazillashamiz.


Neymar va Luis Suares bilan do'stligi haqida

Neymar fenomen, u bilan hozirgacha aloqadamiz. Faqat men, u va Luis Suares mavjud bo'lgan chat bor. Uning nomi "Tres Sudacas" (uch janubiy amerikalik).


Krishtianu Ronaldu haqida

Albatta, u etishmayapti! U tufayli "Real" kuchliroq edi. Ular Krishtianu yo'qligini his qilishadi degan edim, chunki buni sezmaydigan jamoa yo'q. Kimdir so'zlarimdan g'azablanishi mumkin, ammo bu haqiqat. U har mavsum 50ta gol uradi. U butun ligaga etishmayapti, chunki kuchli futbolchilar raqobatni yanada qiziqroq qiladi.


Liverpuldan uchralgan mag'lubiyat haqida

Bunaqa bo'ladi deb o'ylamagandim. Bizda Rim tajribasi bor edi va bu takrorlanishini tasavvur qilmagandim. Ha, qiyin bahs bo'lishini tushungandik. Birinchi uchrashuv natija bo'yicha aldamchi edi: Teng kurash kechgan, ular jismonan kuchli edi. Javob uchrashuvida yana mag'lub bo'ldik.

Tezkor gol ura olmadik va ular darvozamizni ishg'ol qilishdi. Tezda "Roma" bilan bahsda sodir bo'lgan voqea esga keldi. Ustunlikni boy berdik, ularning xohishi biznikidan kuchliroq edi. Qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. SHarmandali o'yin ko'rsatdik.


Ernesto Valverde haqida

Mag'lubiyatda murabbiyning aloqasi yo'q. "Liverpul"ga qarshi javob uchrashuvigacha mavsum juda yaxshi o'tayotgan edi, biz muddatidan avval LaLiga chempioni bo'ldik, Qirol Kubogi finaliga chiqdik. Odamlar u aybdor deb o'ylashmoqda, chunki uning taktikasi yordam bermagan ekan. Ammo sodir bo'lgan voqea - tizim ishdan chiqishining mahsuli emas. SHunchaki har bir futbolchi raqobatda qarshi jamoa o'yinchisiga mag'lub bo'ldi. O'tgan mavsumdagi darsdan kerakli xulosa chiqarmadik. Bu murabbiyning aybi emas.

Men hech qachon murabbiylar ishiga aralashmayman. Ha, taktikani yaxshi ko'raman, ammo murabbiylar bilan bahslashmayman.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика