So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Real"ga kuchliroq raqib bering - "Liverpul" bo'lmadi Yangiliklar

"Real"ga kuchliroq raqib bering - "Liverpul" bo'lmadi

"Real Madrid" "Liverpul"ni yana mag'lub etgan uchrashuvda Kamavinga yaqqol ajralib turdi, Nacho esa Salohni "yopib qo'ydi".

Karlo Anchelotti CHempionlar ligasidagi xatolardan xulosa chiqardi — bu muhim hislat. Papa Karlodek katta yutuqlarga erishgan tajribali murabbiy xatosini tan olib, o'z ustida ishlashiga esa alohida "respekt".

Etibor bersak, Anchelottining murabbiylik faoliyatida bir noxush tendenciya mavjud. Karloning jamoalari CHempionlar Ligasida to'satdan va keskin o'zgarib turadi (yaxshi tomonga), ammo yana bir haqiqat borki, aynan ECHL pley-off bosqichining birinchi o'yinida g'alaba qozonib, javob bahsida dahshatli tushni boshdan kechirishlari ham ko'p uchrab turadi.


"CHelsi" bilan javob uchrashuvini eslang (Modrichning sehirli uzatmasi va joker Rodrigo bo'lmaganida xudo biladi uyog'i qanday ketardi). Yoki Dortmund bilan javob o'yini (faqatgina yosh Kazemiro "pojar"ni o'chirgandi). Yoki biroz uzoqroq o'tmishga qaytib, "Deportivo"ga qarshi bahsni eslang (Milan Ispaniya terma jamoasining hozirgi sport direktori Lukadan "tarsaki egandi").

SHu bois Anchelotti "Liverpul" bilan bellashuvdan avval "noxush tajribaning takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik kerak", deganda Karlo ota shunchaki mulozamat qilmagandi. Mendagi malumotlarga qaraganda, Anchelotti shogirdlariga "Manchester Yunayted" bilan o'yin, Nunes, Gakpo va Salohning gollar shousi uyushtirgani videosini qo'yib bergan. Yani u tajribali futbolchilari bo'lishiga qaramay, bo'shashish oqibati qanday bo'lishini ko'rsatib, ogohlantirib qo'ygan.



Biroq 7:0 "Liverpul"ning bir martalik spektakli bo'lib chiqdi. Lekin javob bahsidan avval Anchelotti tavakkal qilishni istamadi va professor Modrich va Kroos yoniga bir qator jarohatlardan so'ng optimal formasini tiklay olmayotgan Tchuamenini emas, bevosita tayanch yarim himoyachi bo'lmasada, o'z kuchiga ishonchi ortib borayotgan Kamavingani qo'ydi.

Bu jiddiy va shu bilan birga muhim qaror edi. CHunki "Liverpul"ga qarshi o'yin davomida tayanch zonasiga qo'yilgan Kamavinga markazni "yondirdi". U to'p bilan muomala qilishda ustunlik qildi (oldingidek himoyadan chiqishda ham xatolarga yo'l qo'ymadi) va to'psiz o'yinda qiziqqonlik qilib, oldinga tashlanib, joyini bo'sh qoldirmadi.

O'yin sifati bo'yicha Kamavinga "Real Madrid" safidagi eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Bu Redondo, Makelele va Zeedorf qorishmasidek edi. U pozicion himoyada ancha o'sdi, xatolar sonini minimallashtirdi va hatto Kazemiro ham qila olmaydigan ish — hujumlarni rivojlantirishda o'ta faol bo'ldi.



"Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi bo'yicha Kamavinganing yoniga faqat Mo Salahni "o'chirib qo'ygan" Nacho tushishi mumkin. Himoyada ishonchli harakat qilgan Nacho, hujumlarga qo'shilishda hatto Mendi va Alabadan ham yaxshiroq ko'rindi. Bir narsa aniq, Nacho LDLFdan Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv kutyapti.

"Real" "Liverpul"ni ikki bor taslim etdi. Lekin Anchelotti "Enfild"dagi g'alabadan ko'ra ko'proq, Madriddagi uchrashuvda muhimroq rol o'ynadi. Nega, deysizmi? CHunki "Real Madrid" futbolchilari qiyin vaziyatda o'yinni qanday burib yuborishni yaxshi bilishadi, lekin har doim ham ustunlikdan kelib chiqib, pragmatik o'yin ko'rsatib, ijobiy natijani saqlab qolish uchun o'ynashni bilishmaydi.

G'alatiroq eshitilar, ammo oxirgi 8 uchrashuvdan 7 tasida taslim etilgan "Liverpul" bu mavsumda "Real Madrid"ning xotirjam, ochiqchasiga mahorat evaziga g'alaba qo'lga kiritilgan, bir tekisdagi uchrashuvidagi "dejurnyy" raqib bo'lib berdi. SHu sabab, bu to'qnashuvda "Liverpul" "Real"ga munosib qarshilik ko'rsata olmadi desak, ingliz klubi muxlislari xafa bo'lishmas.

Endi "Liverpul" bor etiborini APLga, ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga, qaratadi, "Real" esa sevimli musobaqasi 1/4 finalida kim raqib bo'lishini kutadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика