Realga Alfonso Devisning narxi yoqmayapti

Khoja
2 mar 2024, 08:00
Bavariya rahbariyati chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan 70 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor, deya xabar beradi Bild.

Ammo so'nggi oylarda 23 yoshli kanadalikka faol qiziqish bildirayotgan Real buncha pul to'lamoqchi emas. Madrid klubi myunxenliklar bilan muzokara jarayonini 30-35 mln evrolik taklif bilan boshlash niyatida va maksimal 40 mln evrodan ko'p bermoqchi emas. 

Eslatib o'tamiz, bu mavsumda Alfonso Devis barcha turnirlarda 27ta o'yinda qatnashib, 1ta gol va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Himoyachining Bavariya bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Bild