"Bavariya" Devisni sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
24 mar 2026, 15:00
Alfonso Devis 2019 yilda "Bavariya"ga qo'shilganidan beri jarohatlardan boshi chiqmayapti.

U shu vaqt ichida yuzdan ortiq o'yinni o'tkazib yubordi. Myunxen klubi endi uni saqlab qolish niyatida emas.

Kristian Falkning xabariga ko'ra, "rekordmayster" yozgi transfer oynasida 25 yoshli kanadalik uchun kelib tushadigan yirik takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

"Manchester Yunayted" hozirda Devis uchun asosiy da'vogar hisoblanadi, chunki mankunianlar chap qanot himoyasini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN