"Real"dagilar Ronalduning kayfiyatidan havotirda
20 mar 2015 13:14
Yangiliklar


"Real"dagilar Ronalduning kayfiyatidan havotirda
"Real" rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashmoqchi emas.
Xabarlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va uning qo'l ostidagilari Portugaliya terma jamoasi futbolchisining kayfiyatidan havotirda. Ronaldu so'nggi vaqtda juda ko'p tanqidlarga uchradi. Har qanday holatda futbolchining o'zi kelajagi borasidagi yakuniy qarorni qabul qiladi. Krishtianuning ispan grandi bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan.
Ronaldu bu mavsumda Primeroning 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta golli pas bergan va 30ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar