So’nggi yangiliklar

16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  4 15:31К-Лига 2. "Соннам" - "Чоннам Драгонс": Икром Алибоев ўйинни асосий таркибда бошлайди, Алиқулов — захирада (онлайн ҳисоб)  0 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  1 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  5 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   10 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  9 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1

"Real"da doim janjallashgan Krishtianu hamda Mourinyu yana birga ishlay oladimi? Yangiliklar

"Real"da doim janjallashgan Krishtianu hamda Mourinyu yana birga ishlay oladimi?

Madrid klubida ular tinimsiz ravishda janjallashib kelgan. Ammo hozir bir-birini maqtab, iliq fikrlar birdirishmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" nashri kuni kecha bir xabar chop etdi. Uning mazmuniga ko'ra, Krishtianu "Yuventus"ni Mourinyu boshqarishini xohlayotgan ekan. Ommaviy axborot vositalaridagi malumotlarga qaraganda, Ronaldu klub egalari bilan uchrashgan hamda ularga Jozeni bosh murabbiy lavozimiga ishga olishni taklif qilgan. Bu fikr Jorje Mendeshga ham maqul kelgan – ikki portugaliyalikning agenti.

Milanning "Libero" gazetasi yozishicha, Krishtianuning yana bir nomzodi bor ekan – Karlo Anchelotti. Ammo murabbiy "Napoli"dan ketmasligini malum qilib ulgurdi: "Men bu erda baxtliman va klubda yana ikki yil qolish niyatim bor". Mourinyu esa hali ham jim. Qizig'i shundaki, mart oyida murabbiy "beIN Sports" efirida jumboqli gaplar aytgan: "Mening sobiq o'yinchilarimdan biri, munosabatlarimiz alo darajada, yozda u faoliyat yuritayotgan klubga bosh murabbiy bo'lib borish taklifini berdi".

"Daily Mail", "The Mirror" hamda boshqa ingliz ommaviy axborot vositalari Mourinyu bu gap bilan Ronalduni nazarda tutgan deb tahmin qilishmoqda. Ammo bunga biroz shubha bor.

Ular "Real"da ko'p janjallashishgan

Mourinyuning aytishicha, Ronaldu uning maslahatlariga quloq solmagan. Mourinyuning “munosabatlarimiz alo darajada” degan gapiga ishonish biroz qiyin. Joze “Real”ga kelganining birinchi mavsumidayoq muammolar kelib chiqqandi. 2011 yil aprelda Ronaldu Kubok finalining qo'shimcha vaqtida “Barselona” darvozasini ishg'ol qildi. O'sha gol Madridga g'alaba olib keldi. Biroq ularning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi: oradan bir necha kun o'tib “Real” CHempionlar Ligasi yarim finalida raqibiga 0:2 hisob bilan g'alabani boy berdi. Krishtianu esa bu Mourinyuning aybi ekanini aytdi: o'yindan keyin bergan intervyusida futbolchi butun jamoa himoyada o'ynasa hamda deyarli hujum qilmasa, g'alaba qozonishning iloji yo'q deb aytgan.

Albatta, bu Jozega yoqmagan. Avvaliga u hujumchiga tazyiq o'tkazishga harakat qilib ko'rdi. Keyin esa “Saragosa”ga bilan bo'lgan uchrashuvda Ronalduni zaxirada qoldirdi. O'shanda “Real” 2:3 hisob bilan mag'lub bo'lgan. Emmanuel Adebayor, 2010/11 yilgi mavsum Madrid klubi tarkibida 14 o'yinda maydonga tushgan, shunday eslaydi: “Biz 3:0 hisob bilan tanaffusga chiqdik, g'alaba biz tomonda edi. Ammo Mourinyu kiyinish xonasiga aqldan ozgan holda kirib keldi. U xolodilnik va televizorni jaxl bilan urdi, suv to'la idishini otdi. Hamma narsani yakson qildi. Bir kuni xet-trikni amalga oshirgan Ronalduga ham tazyiq o'tkazdi. U dedi: “Hamma aytishicha, sen dunyodagi eng yaxshi o'yinchi emishsan. Lekin sen yomon o'ynaysan. Menga ham eng yaxshi futbolchi ekaningni isbotla”.

2012 yil fevralda yana bir voqea yuz berdi: Ronaldu va Mourinyuning yordamchisi Ruy Faria bahs boylashdi. Unga ko'ra, agar Krish “Levante” darvozasiga xet-trik qilishga muvaffaq bo'lsa, buni yordamchi bilan nishonlaydi. Portugaliyalik 3ta gol urdi va nishonlash uchun Farianing yoniga yugurdi. Ammo qarshisidan Mourinyu chiqdi – aftidan, o'yinchi u tomon yugurib kelyapti deb o'ylagan. Ronaldu uning quchog'idan tezroq chiqib ketishga urindi. Biroq bu holat juda xunuk ko'rindi.

“Marca” xabarlariga ko'ra, bu ishdan keyin ular ancha janjallashgan va qanchadir vaqt mobaynida Krishtianu murabbiy ko'rsatmalarni yordamchisidan aytib yuborgan. Bunga Mendesh ham aralashgan. “Ikkisining munosabatlari yomon edi, – deb yozadi Goal.com nashri. – Ular kam gaplashardi. Faqat Mendesh ular o'rtasidagi aloqalarni yaxshilashga harakat qilardi”.

Agent qanchadir vaqt bu ishning uddasidan chiqdi. Uning iltimosiga binoan, 2013 yil yanvarda Ronaldu "Sosedad" (4:3) darvozasiga urgan bitta golini murabbiyga bag'ishlagan. O'shanda Mourinyu yordamga muhtoj edi: u Kasilyasni zaxira o'rindig'iga o'tkazdi. Bundan g'azablangan muxlislar portugaliyalik jamoadoshi darvozabonni asosiy tarkibga qaytarishini talab qilishgan.

Ammo "Sosedad" bilan bog'liq voqeadan bir hafta o'tib, yana barchasi eski holiga qaytdi. Jurnalistlarning savollariga javob berayotgan Mourinyu Ronalduni "Valensiya"ga qarshi bahsdagi ajoyib o'yini bilan tabrikladi (2:0, ikkinchi golni urgan). Ammo kiyinish xonasida unga nisbatan qo'pol munosabatda bo'ldi: u forvardga baqirib, mudofaada barcha bilan barobar o'ynashi kerakligini takidladi. "As" gazetasi malumotlariga qaraganda, o'sha uchrashuv vaqtida Mourinyu g'azab bilan "Ovozingni o'chir va ko'proq yugur" deb baqirgan.

Gilem Balage o'zining Ronaldu haqidagi kitobida Mour kiyinish xonasida "Agar ular bizga gol urganlarida..." degan gaplaridan so'ng, Krishtianu ham quyishqondan chiqqan va shunday degan: "SHuncha ishimdan keyin ham, menga shunday munosabatda bo'lyapsanmi? Bunday gapirishga nima haqqing bor?"

"Men jamoani o'ylab shunday dedim. Sababi ular sen himoyada o'ynashingga muhtoj", – dedi murabbiy. O'yinchi tinchlanmasligini tushungan Mourinyu ovozini yanada balandlatib, : "SHunchaki bir narsani bilishingni xohlayman... Qolganlar ham shu fikrda, faqat o'zinga aytishga botina olishmadi".


Joze istefoga chiqqanidan so'ng quyidagi alamli gaplarni aytgan: "Men ilk bor 2000 yilda murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. Biroq bunga qadar buyuk klublarda kuchli murabbiylarning yordamchisi bo'lib ishlaganman. SHuningdek, dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan birga faoliyat yuritganman. 30 yoshimda Ronaldo, Krishtianu emas, haqiqiy braziliyalik o'yinchini shug'ullantirganman. SHuningdek, Rivaldo, Figu, Gvardiolaga ham ustozlik qilganman. Yosh bo'lishimga qaramay, eng yaxshi o'yinchilar bilan mashg'ulot o'tkazganman.

Oradan yarim yil o'tib, Mourinyu yana Krishtianuni yodga oldi va o'yinchi uning maslahatlariga quloq solishni istamaganini takidladi: "Men unga taktikani yaxshiroq tushunishing kerak deb aytganimda, u meni eshitishni ham xohlamadi. Menimcha, u futbolning barcha sir-asrorlarini bilaman deb o'ylasa kerak".

Hozir ularning munosabatlari ancha yaxshi

Nazarimizda, Mourinyu va Ronaldu o'rtasidagi ziddiyatlar kundan-kunga yo'qolib bormoqda. Ular OAV orqali bir-birlarini tanqid qilayotganlari yo'q. Aksincha, maqtashmoqda! Quyida ular 4 yil avval bir-birlari haqida aytgan gaplarini o'qishingiz mumkin.

2015 yil Krishtianu: "Mourinyuni eng yaxshi murabbiy deb bilaman. Doim shunday fikrda bo'lganman. U ajoyib menejer, klub uchun juda ko'p foydali ishlar qilgan, ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan".

2017 yil Mourinyu: "Farzandlarim hech qachon Pelening o'yinlarini ko'rmagan, ammo u buyuk o'yinchi bo'lganini yaxshi bilishadi. 40 yidan keyin esa nabiralarim Ronaldu haqida shunday fikrda bo'ladi. Krishtianu futbol tarixining bir bo'lagi bo'lib qoladi. "Real"da ishlagan vaqtlarim Ronaldu bilan oramizda ziddiyatlar bo'lganmi?! Bu faoliyatimning bir qismi va uni ommaga oshkor qilish niyatim yo'q. SHu vaqtgacha biz haqimizda mediada chiqqan xabarlar yolg'on va bo'xton edi. Faqat bir narsani aytishim mumkin, Ronaldu bilan oramizda hech qanday muammo yo'q. Uning ham menga nisbatan adovati yo'q deb o'ylayman. Mukofotlarni qo'lga kiritish maqsadi bizni birlashtirgan edi".

2018 yil Mourinyu, Krishtianu "Yuventus"ga o'tgan payti: "Bugundan boshlab A Seriya dunyodagi eng asosiy ligalardan biri bo'lib qoladi. Futbolda hamma narsa shiddat bilan o'zgaradi. "Yuventus" Ronaldu bilan chempionatdagi eng kuchli jamoa bo'lishi aniq".

2019 yil Mourinyu, Ronaldu ECHL doirasida "Atletiko" darvozasiga urgan xet-trikidan keyin: "Menimcha, Krishtianuni hafta qahramoni deb aytish mumkin. Bu jamoaning fantastik o'yini bo'ldi".

Ehtimol, chindan ham ularning bir-biriga nisbatan adovati yo'qdir. Lekin shuncha gap-so'zlardan keyin hammasi alo darajada bo'lishiga ishonish biroz qiyin. Mourinyu iyunda ishga qaytishga vada bergan. Ko'ramiz, buyog'i nima bo'lar ekan?! Buni vaqt ko'rsatadi. Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz? Ular yana birga ishlay oladilarmi?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика