So’nggi yangiliklar

15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  17 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1

"Real"da 8 yil o'ynagan Koentrau hozir qaerda? Yangiliklar

"Real"da 8 yil o'ynagan Koentrau hozir qaerda?

Madridning "Real" klubi 2011 yilning yozida "Benfika" himoyachisi Fabio Koentrauni o'z safiga qo'shib oldi.

Portugaliyalik futbolchi "Qirollik klubi" uchun 30 mln evroga tushgan. Bu o'z vaqtida  himoyachilar orasidagi eng yirik transferlardan biri hisoblanardi. Biroq, Fabio "qaymoqranglilar"ning umidlarini oqlay bilmadi. Og'ir xarakteri, mashg'ulotlarga kechikishi va noprofessionalligi asta-sekin uning darajasini tushirdi. "Real Madrid"dek klublarda o'z ustida ishlamay qo'yganlarning kelajagi yo'q. Koentorau bilan ham shunday bo'ldi. Dastlab, "Monako" va "Sporting"da ijara asosida o'ynagan futbolchi 2018 yilga kelib hech kimga kerak bo'lmay qoldi.

Fabio uzoq izlanishlardan keyin o'zi uchun begona bo'lmagan Portugaliyaning "Riu Ave" jamoasi tarkibiga borib qo'shildi. U professional futboldagi ilk qadamlarini aynan shu klubda qo'ygan edi. Biroq, Koentrau mavsum oxirida Villa-du-Kondi jamoasiga ham kerak bo'lmay qoldi. Sababi shundaki, himoyachi 21 o'yinda 7 ta sariq kartochkadan tashqari, 2 bor maydondan ham chetlatildi. Jamoa rahbariyati Fabio bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. 2019 yilning yozida erkin agentga aylangan futbolchi 1 yildan oshiq muddat o'ziga yangi jamoa topolmadi. Uni 2020 yilning kuzidagina pandemiya tufayli qiyin kunlarni boshdan o'tkazayotgan jonajon "Riu Ave"si yana katta futbolga qaytardi. 

Xullas, bir paytlar dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo'lishi kutilgan va jahonning eng kuchli klubiga transfer qilingan Koentrau 33 yoshga to'ldi. U ayni paytda Portugaliya chempionatining autsayderida ham asosiy futbolchi emas. 

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика