“Real” Zidanning yordamchisini klubga qaytardi

31 okt 2018, 08:26
Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Antonio Pintus lavozimiga qaytdi.

“Real” Zinedin Zidan davrida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun javob bergan italiyalik Antonio Pintusni lavozimiga qaytardi. Endi Pintus vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Santyago Solari bilan birgalikda ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, sobiq murabbiy Xulen Lopetegi davrida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga Oskar Karo javob bergan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca