"Real" Yassin Bunu borasida muzokaralarni boshladi
12 avg 2023 12:22
Yangiliklar
"Real" Yassin Bunu borasida muzokaralarni boshladi
Madridliklarga Tibo Kurtua o'rniga futbolchi kerak.
Madridning "Real" klubi "Sevilya" bilan Yassin Bunu uchun muzokaralarni boshladi, deb xabar berdi "Marca".
Madridliklar Tibo Kurtuaning og'ir jarohati, shuningdek, belgiyalik o'yinchining o'rinbosari Andrey Luninga bo'lgan ishonchsizlik tufayli yangi posbonga muhtoj.
"Real"ga darvozabonning bo'yi (192 santimetr), xarizmasi va La Ligadagi tajribasi (157 ia o'yin) yoqadi. Yassin Bununing shartnomasidagi tovon puli – 50 million evro. "Real" buncha pul to'lamaydi, ammo "Sevilya" moliyaviy muammolar tufayli etakchi o'yinchilarni sotishga ochiq va ehtimol, narxni pasaytirishga ham tayyor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar