"Real" yarim himoyachisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
3 avg 2021, 22:24
"Real" rasmiy sayti Toni Kroosning lazaretga tushib qolganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, futbolchining son qismi yuqori sohasi mushaklarida jarohat aniqlangan. Ma'lumki, deyarli har bir sportchida bu joy bilan doimiy muammolar bo'lib turadi.

Klub hozircha futbolchining qachon safga qaytishini ma'lum qilmagan. Ammo germaniyalik LaLiganing startini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kroos Evrodan keyin termadagi faoliyatini yakunladi va bor e'tiborini klub faoliyatiga qaratadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com