“Real” yarim himoyachisi APLga ko'chib o'tishi mumkin

3 iyun 2019, 08:45
Dani Sebalos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Ispaniyalik 22 yoshli futbolchi xizmatlariga “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Shporlar” allaqachon Danining o'zi bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazib bo'lgan. Londonliklar Daniga jamoadan ketishi kutilayotgan Kristian Eriksenning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Futbolchi 20 mln evroga baholanmoqda.

Ortda qolgan mavsum Sebalos “Real” safida 34 ta o'yin o'tkazdi va 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider