"Real" Xolandni keyingi yili xarid qilishga tayyor

Alisher
4 may 2021, 13:35
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini Ispaniya poytaxtida davom ettirishi mumkin.

Madrid klubi rahbariyati nemis klubi oldinroq o'yinchining jamoada qolishini xabar qilganiga qaramay norvegiyalik futbolchining transferini 2022 yilda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

"Borussiya" Chempionlar Ligasiga yo'llanma ola bilmasa, klub Xolandni 75 million evro evaziga sotadi. O'yinchining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 37ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS