"Real" Xolandni 8 million evro evaziga xarid qilishi mumkin edi

Alisher
20 fev 2021, 18:51
Hujumchi Erling Xoland uch yil oldin Madridning "Real" klubida o'ynashi mumkin edi.

"Qirollik klubi" norvegiyalik futbolchiga "Molde"da o'ynab yurgan paytlaridayoq qiziqish bildirishgan. 

"Qaymoqranglilar" o'yinchini 8 million evroga xarid qilishlari mumkin edi, ammo klub uning o'rniga Braziliya bozori (Vinisius, Reynier va Rodrigo)ga e'tiborini qaratgan edi.

Erling ayni damda Dortmundning "Borussiya" klubi sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi joriy mavsum ichki chempionatda 16ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca