"Real" va Ronaldu falastinlik bolakayning orzusini amalga oshiradi
16 mar 2016 13:42
Yangiliklar


"Real" va Ronaldu falastinlik bolakayning orzusini amalga oshiradi
Falastinlik 5 yoshli Ahmad ota-onasi va uning akasi yong'inda halok bo'lganidan so'ng etim qoldi.
Ahmad ham jarohatlandi, u 10 martadan ortiq operaciya stoliga yotdi va bolakayga teri ko'chirib o'tkazildi.
Yong'inda shikastlangan bolakayning "Real" futbolkasidagi rasmlari Internet olamida tez tarqalib ketganidan so'ng, Krishtianu Ronaldu Ahmad biroz tuzalgandan keyin u bilan uchrashishga vada berdi.
Uchrashuv sanasi 17 martga belgilandi. Ahmad va uning qarindoshlarini Madridda kutib olishadi, bolakay "Real" bazasida sevimli futbolchilari bilan vaqtini o'tkazadi.
Ahmad bugun tunda bobosi va buvisi bilan Iordaniya shahzodasi Ali nomli aeroportdan Ispaniyaga uchadi. Falastikliklar bolakayni kuzatish uchun maxsus tadbir uyushtirishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar