"Real" va PSJ qiziqish bildirayotgan futbolchi "Liverpul"dan maoshini oshirishni talab qildi
07 apr 21:42
Yangiliklar


"Real" va PSJ qiziqish bildirayotgan futbolchi "Liverpul"dan maoshini oshirishni talab qildi
Ibraima Konate "Liverpul"dan oylik maoshini 120 000 funtga oshirishni talab qilmoqda.
Franciya terma jamoasi va "Liverpul" markaziy himoyachisi bo'lgan 25 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Hozirgi shartnoma bo'yicha u oyiga 80 000 funt maosh oladi.
Tomonlar yangi shartnoma haqida muzokaralarni 2024 yil oktyabr oyida boshlashgan, ammo haligacha kelishuvga erishilmagan. Konatening vakillari "Liverpul"dan futbolchi maoshini 120 000 funtga oshirib, 200 000 funtga etkazishni talab qilmoqda, deb xabar beradi Get French Football News nashri The Times manbasiga tayanib.
Malumotlarga ko'ra, Konatega "Real Madrid" va PSJ klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar