"Real" va "Bavariya" bir futbolchi transferi bo'yicha kelishuvga yaqin

Aslanov Jasurbek
4 mar 2024, 21:46
"Real" "Bavariya"dan Alfonso Devisni xarid qilishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" 23 yoshli chap qanot himoyachisi bo'yicha Myunxen klubi bilan kelishuvga yaqin turibdi. Tomonlar muzokaralarning final qismiga yetishgan.

"Bavariya" Devis uchun 50 mln. evro talab qildi, "Real" esa shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydigan futbolchiga 35 mln. evro taklif qilyapti.

"Real" dastlabki taklif narxini oshiradi va bonuslar qo'shadi.

Nomi oshkor qilinmagan Yevropa klubi Devis bo'yicha "Bavariya"ga murojaat qilgan edi, ammo klubdagilar "Real" bilan kelishib bo'lishgani, tez orada transfer amalga oshishini aytishgan.

Kanadalik LaLiga jamoasi bilan 4 yillik bitim imzolaydi. U faqat "Real" safiga o'tishni istayapti.

Futbolchi joriy mavsum 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER