So’nggi yangiliklar

15:44Хаби Алонсо "Ливерпуль" билан музокаралар олиб бормоқда, Слотнинг курсиси қимирлаб қолди  3 15:36Назорат ўйини. "Қизилқум" "Спартак-2"ни мағлуб этди  0 15:00Назорат ўйини. "Насаф" Польша клуби билан дуранг ўйнади  2 14:13"Криштиану йиғлагудек ҳолатда эди". Каранка Моуринью ва Роналду ўртасидаги жанжал тафсилотларини ошкор қилди  1 13:54"Динамо" бир ой олдин жамоага қўшилган Мабепа Айесса билан хайрлашилди  3 13:43Бугунги ўйинлар: “Арсенал” — МЮ, “Рома” — “Милан”, “Барса” уйда ва бошқалар  3 13:25Миллий жамоа. Зафармурод Абдираҳматов жароҳат сабаб йиғинни тарк этди  1 13:17Федерико Вальверде: "Дарвозада Куртуа борлиги ишимизни анча енгиллаштиради"  3 12:58"Наполи" бразилиялик ҳужумчи трансферини эълон қилди  0 12:25Венсан Компани: "Ҳамма Бундеслигани осон дейди, лекин бугун бундай эмаслигини кўрдик"  15 12:02Лиам Росеньор Мудрик ҳақида: "У билан гаплашиб олишим керак, ҳозир у учун қийин давр"  0 11:45Арне Слот "Борнмут"дан учралган мағлубият сабабини айтди  5 10:55Олександр Воробей собиқ жамоаси билан шартнома имзолади  0 10:36САфарда. "Динамо"нинг БААдаги машғулотлари қандай кетмоқда? Вадим Абрамов билан интервью  3 10:12"Сўғдиёна"да 8 йил ўйнаган Митрович Сербияга қайтди  1

"Real" va "Barselona"ning mashhur muxlislari Yangiliklar

"Real" va "Barselona"ning mashhur muxlislari

"Real" hamda "Barselona"ga muxlislik qiladigan mashhur shaxslar ro'yhati siz uchun qiziq bo'ladi degan umiddamiz.


10. Riki Martin. ("Real"). Puerto-rikolik qo'shiqchi Ispaniyada ancha mashhur hisoblanadi. Madridda istiqomat qiladigan Riki 2011 yilda ispan fuqaroligini qabul qilgan. Uni "Real" o'yinlarida ko'rish deyarli oddiy hol hisoblanadi.




9. Snup-Dog. ("Barselona"). Amerikalik xip-xop yulduzi esa "Barselona" muxlisi hisoblanadi.




8. Jastin Bayber. ("Barselona"). Kanadalik qo'shiqchi Ispaniyaga kelganida "Barsa" mashg'ulot maydoniga ham tashrif buyurgan. O'shanda u ushbu klub muxlisi ekanligini takidlagan




7. Megik Jonson ("Barselona"). "LA-Leykers"ning afsonalaridan biri hisoblanadigan Jonson Messining o'yinlari ishqibozi hisoblanadi. 2012 yilda esa "El-Klasiko"da stadiondan turib "Barsa"ni qo'llab-quvvatlagani ham ko'pchilikning etiborida bo'lgandi




6. Antonio Banderas. ("Real"). Ispaniyalik taniqli aktyor, rejissyor va prodyusser. Yoshligida futbolchi bo'lishni istagan Antonio jarohatlar sababli o'z orzusiga etisha olmagan. 2013 yil hayriya aukcionida "Real" futbolkasini 15 800 funtga harid qilgan




5. Fernando Alonso. ("Real"). F-1 yulduzi ham futbolga qiziqishini bir necha marotaba aytib o'tgan. Uning "Real"da ham do'stlari ko'p. Ushbu suratda esa u "Real" prezidenti Florentino Peresdan klub futbolkasini qabul qilib olmoqda



4. Kobi Brayant. ("Barselona"). NBAning 5 karra chempioni ham anchadan beri "Barsa" muxlisi hisoblanadi. U kataloniyaliklarning Los-Anjelesdagi mavsumoldi yig'inlariga ham tashrif buyurgan




3. Rojer Federer. ("Real"). Ushbu suratda shveycariyalik tennischi "Real" yulduzlari bilan uchrashmoqda (2006 yil)




2. Rafael Nadal. ("Real"). Dunyoning eng kuchli tennischilaridan biri bo'lgan Nadal ham futbolga qiziqadi va madridliklar klubi ishqibozi hisoblanadi




1. SHakira. ("Barselona"). Kolumbiyalik taniqli qo'shiqchi o'z vaqtida "Real" muxlisiligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Lekin, u ayni paytda "Barselona" futbolchisi Pike bilan turmush qurgan. Ushbu juftlik ikki nafar farzandning ota-onasi hisoblanadi. Hozirgi kunda SHakirani "Nou-Kamp"da muntazam uchratish mumkin. Qo'shimchasiga esa uning qo'shiqlarini "Santyago Bernabeu"da qo'yish taqiqlangan.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика