So’nggi yangiliklar

17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  0 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2

"Real" va "Barselona" libosini kiygan futbolchilar Yangiliklar

"Real" va "Barselona" libosini kiygan futbolchilar

Bugun navbatdagi "El Klasiko" guvohiga aylanamiz.

Ushbu derbi futbol olamidagi barcha ishqibozlar kutgan uchrashuv sanaladi. Jamoalar o'rtasidagi raqobat boshlanganidan buyon ikkala taraf libosini ham kiyishga muvaffaq bo'lgan futbolchilarni yodga olamiz.


Rikardo Zamora

Zamora Barselonadagi qarorgohini Ispaniya poytaxtiga o'zgartirgan dastlabki nomdor futbolchi sanaladi. La Liganing titullarga boy darvozaboni 1919-1921 yillarda "Barselona", 1930-1936 yillarda esa "Real Madrid" sharafini himoya qilgan.

Bernd SHuster

SHuster tarixda Ispaniyaning uchta buyuk jamoasi (Real, Barselona va Atletiko) libosini kiyishga muvaffaq bo'lgan kam sonli futbolchilardan biridir. Nemis futbolchisi 1980-1988 yillarda ko'k-anorrang, 1988-1990 yillarda esa "Qirollik klubi"ning oq rangli libosini kiygan.

George Haji

Ko'pchilik uchun yaxshi tanish bo'lgan tarixdagi eng yaxshi ruminiyalik futbolchi ikkala jamoaning ham libosini kiygan. Avvaliga u 1990-1992 yillar "Real Madrid", so'ngra 1994-1996 yillar mobaynida "Barselona" sharafini himoya qildi.

Yulen Lopetegi

"Sevilya" va "Real"ning sobiq murabbiyi 1989-1991 yillarda qaymoqrang libosni kiygan. 1994 yildan 1996 yilgacha esa "Barselona" manfaati uchun xizmat qilgan.

Robert Prosinechki

90-yillarning yugoslaviyalik yulduzi 1991 yil "Crvena Zvezda"dan Madridga kelgan va 1994 yilgacha to'p tepgan. Bir yil "Ovedo"da ijara asosida o'ynaganidan so'ng, yarim himoyachi "Barselona" bilan shartnoma imzolagan va 1997 yilgacha ushbu klubda o'ynagan.

Mikael Laudrup

Barcha davrlarning eng yaxshi daniyalik futbolchisi 1989 yilda Kroyffning "Orzular jamoasi"ga qo'shilish uchun "Barselona"ga keldi va 1994 yilgacha Kataloniyada qoldi. "Real Madrid" uni abadiy raqibdan ketganidan keyin o'z safiga qo'shib oldi va 1994 yildan 1996 yilgacha o'z tarkibida saqlab turdi.

Albert Selades

"Barselona"ning yosh o'yinchisi Selades to'rt mavsum davomida asosiy jamoa libosini kiygan. 2000/2001 yilgi mavsumda "Selta"da bir muddat o'ynagach, u yana to'rt mavsumni oq libosda o'tkazish uchun Madridga yo'l oldi.

Luish Figu

Figu "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi eng esda qolarli transfer hisoblanadi. Hujumkor yarim himoyachi "Barselona"ga 1995 yil "Sporting"dan kelib qo'shildi hamda 2000 yil rekord darajadagi transfer summasi evaziga "Real Madrid"ga o'tgunga qadar kataloniyaliklar sharafini himoya qildi.

Luis Enrike

"Sporting Xixon"ning yosh futbolchisi 1991/1992 yilgi mavsumda "Real Madrid"ga keldi va besh yil davomida "qaymoqranglilar" azosi sifatida to'p tepdi. 1996/1997 yilgi mavsumda "Lucho" Madridni "Barselona"ga almashtirib, 2003/2004 yilgi mavsumga qadar Kataloniya jamoasi safida o'ynadi.

Alfonso Peres

"Real Madrid"ning turli yosh toifalarida o'ynagan Alfonso 1990/1991 yilgi mavsumda asosiy jamoa futbolchisi sifatida debyut qildi hamda 1994/1995 yilgacha klubda qoldi. Keyinchalik "Betis"dagi ishonchli o'yinlardan so'ng u "Barselona"da ikki yil to'p tepdi.

Ronaldo Nazario

Futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri 1996/1997 yilgi mavsum PSVdan "Barselona"ga o'tdi. So'ngra u "Inter" klubidagi ishonchli o'yinlaridan so'ng Florentino peres tomonidan 2002/2003 yilgi mavsum arafasida "Real Madrid"ga taklif qilindi va Ispaniya poytaxtida 2006/2007 yilgi mavsumga qadar faoliyat olib bordi.

Samyuel Eto'o

Kamerunlik forvard "Real" asosiy jamoasidan o'rin egallay olmadi. U "Leganes", “Espanol”, “Malorka” kabi jamoalarda ijarama-ijara yurgach, 2004 yil "Barselona"ga borib qo'shildi va u erda 2009 yilgacha to'p tepib, faoliyatidagi eng yaxshi davrni boshdan kechirdi.

Mikel Soler

Sobiq futbolchi "Real", "Barselona", "Atletiko" klublari sharafini himoya qilgan. 1988 yil "Barsa"ga kelgan Soler bir muddat "Atletiko" va ikki mavsum "Sevilya" sharafini himoya qilgach, "Real"ga yo'l oladi va yana ikki yil poytaxtda yashaydi.

Alfonso Albenis

16 yoshidayoq "Barselona"ni "Real"ga almashtirgan futbolchi keyinchalik jamoa menejeriga aylandi.

Fernando Munos

1990 yildan 1992 yilgacha "Barselona"da o'ynagan Munos "Real Madrid"ga o'tishidan avval CHempionlar ligasida g'olib chiqdi. So'ngra u to'rt mavsum davomida oq libosda maydonga tushdi.

Dani Garsiya

1994/95 yilgi mavsum "qaymoqranglilar" libosida debyut qilgan Garsiya "Saragosa" va "Malorka" sayohatidan so'ng 1999 yil "Barselona"ga o'tdi va to'rt yil jamoa manfaati uchun ter to'kdi.

Luis Milya

La Masiyada ulg'aygan yosh o'yinchi "Barselona"da olti yil harakat qilgach, 1990 yil "Real" safiga borib qo'shildi.

Evaristo De Makedo

Braziliyalik futbolchi "Barselona" libosida  “Real”ni evrokuboklardan chiqarib yuborgan gol muallifi bo'lgandi. 1962 yil esa u "Qirollik klubi" bilan shartnoma imzoladi va Madridda uch mavsumni o'tkazdi.

Xaver Saviola

Xaver "El Konexo" Saviola 2001 yil "Barselona" bilan shartnoma imzoladi va 2007 yilgacha Kataloniyada istiqomat qildi. Bir muddat "Monako" va "Sevilya"da to'p tepgan hujumchi 2007 yil "Real" tarkibini to'ldirib, ikki mavsum o'ynadi.

Markos Alonso

Madridliklar tarbiyalanuvchisi 2010 yil asosiy jamoaga o'tkazildi, biroq uning ishlari bu erda yurishmadi. Ko'p yillik sarguzashtlaridan keyin himoyachi 2022 yil azaliy raqib "Barselona"ga olib kelindi.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика