So’nggi yangiliklar

11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  1 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  11 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  6 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1

"Real" uchun tasodifiy ananaga aylangan hakamlik Yangiliklar

"Real" uchun tasodifiy ananaga aylangan hakamlik

"Real" - "Bavariya" uchrashuvi xususida gaplashgim keldi.

Odatda qisqa va lo'nda maqola yozmayman. Asosan maqolalarim cho'zilib, o'zim xohlagandan ham uzunlashib ketadi. Bu meni birinchi kamchiligim.

"Bavariya" haqida aytadigan, bildirmoqchi bo'lgan fikrlarim juda ko'p. Lekin hozir faqat bu jamoa xususida emas, umuman yarim final to'qnashuvidagi "Real" - "Bavariya" o'yini borasida qoralamoqchiman.

Myunxendagi birinchi o'yin

"Bavariya"da tarkib borasida keragidan ko'p yo'qotishlar bor edi. Noyer, Vidal, Komandan tashqari o'yin oldidan Alabani ham safdan chiqqani Xaynkesga ortiqcha bosh og'riq tug'dirgandi. Ammo shunga qaramasdan, tarkibda ularni o'rniga tushadigan futbolchilar borligi uchun ham "Bavariya" ancha xotirjam qaradi. Lekin o'yin debyutidagi Robbenni safdan chiqishi va sal o'tib Boateng ham jarohatga yuliqqani Yupp Xaynkesni inqirozli vaziyatga tushirib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda esa Xavi Martinez ham majburan o'zgartirildi. SHundoq ham etakchilaridan ayrilgan "Bavariya" uchun "Real"ga qarshi bellashuvda kuzatilgan jarohatlar oshib tushdi. Xaynkes Myunxendagi uchrashuvni shu darajada qiyin sharoitda o'tkazdiki, undan o'sha bahsda chiroyli va mazmunli o'yin kutish adolatdan bo'lmasdi. Ammo jamoa juda zo'r o'ynadi. Faqatgina yaratilgan vaziyatlar ko'kka sovurilgani - yaraga sepilgan tuz kabi og'ir botdi.

Yuzaga kelgan jarohatlar kollekciyasi Xaynkesga qanday noqulaylik tug'dirdi?
1.Noyer, Vidal, Koman, Alaba kabi futbolchilarning yo'qligi albatta jamoa uchun juda katta yo'qotish.
2.Robben, Boateng va Martinezni jarohat olib chiqib ketgani Yuppni o'yinga tuzgan rejasini butkul buzib yubordi. Murabbiy juda tezkorlik bilan o'yin uchun tayyorlangan "A" rejasini "B"ga o'zgartirishga majbur bo'ldi.
3. Robben o'ynashi kerak bo'lgan o'ng qanot vingeri rolida hujumchi ortida harakatlanishi kerak bo'lgan Myuller o'tdi. Bu esa Tomas Myullerning effektini keskin pasaytirib yubordi. Natijada o'rta ham kuchsizlandi, qanotdan ham kutilgan xavf solinmadi. Myuller o'ynashi ko'zda tutilgan poziciyada Alkantara tushirildi. Ammo tip va uslub jihatdan Tiago Myullerdan butkul farq qiladigan futbolchi.
4. Boatengning erta chiqib ketishi "Bavariya"ni himoyada eng ishonchli va tetik o'ynayotgan futbolchidan ayirdi. O'rniga tushgan Niklas Zyule pozicion jihatdan bexato, tartibli o'ynadi. Unga hech qanday etiroz yo'q. Ammo Boatengning jamoa o'yini uchun muhim jihati - to'pni himoyadan hujumga o'tkazishda, birinchi pasni berishda katta ahamiyat kasb etadigan futbolchi. SHu boisdan ham Boatengni chiqib ketishidan so'ng Xummelsning gardaniga yanada kattaroq yuk tushdi. Aynan shu jihat ham jamoani himoyadan to'pni olib chiqishida yanada katta muammolarni taqdim etdi.
5. Xavi Martinez ham ikkinchi bo'lim o'rtasida o'zini o'zgartirishni so'radi. Bu esa shu turishda ham muammolar girdobida tushib qolgan Yuppni ustidan muzdek suv qo'yish bilan barobar bo'ldi. CHunki raqib hujumlarini buzish bo'yicha yagona vakilga ega bo'lgan Xaynkes nafaqat tozalovchi futbolchisidan ayrildi, balki hech bir o'zgarish bilan o'yinga "svejost" qo'sha olish imkoniyatining minimumidan ham foydalana olmadi. Natijada o'sha kuni maydonda xuddi bir o'zi o'ynagandek taassurot qoldirgan qariya Riberi "cherez nemogu" o'ynashiga to'g'ri keldi.

SHu vajlar va muammolarga qaramay, Yupp Xaynkes shu kuni "Bavariya"ni maydonda "Real"dan ustun qila oldi. Faqatgina yaratilgan vaziyatlarni ko'kka sovurish, gol urishda sovuqqonlikni yo'qotgan futbolchilar tablodagi hisob "Real" foydasiga hal bo'lishiga eng asosiy sababchi bo'lishdi. Kamiga jamoa ikkinchi golni "Real"ga "sovg'a" qildi.

Madriddagi o'yin

Bu muammolar ketma-ketligi esa javob o'yinida ham Yupp Xaynkesni Madriddagi bahsda rejalarini cheklab qo'ydi. CHunki lazaretdagi jarohatlangan Robben va Boateng bilan to'lgandi. Birgina Alaba javob bahsida safga qaytdi. Martinez esa o'yin qaydnomasidan o'rin olgan bo'lsada, ammo bellashuvni to'liq o'tkazishi juda katta savol edi. SHu boisdan ham Xaynkes javob uchrashuvida Martinezsiz reja tuzishni maqul ko'rdi. CHunki o'yin avvalida yana majburiy o'zgarish orqali zaxira limitini yo'qotish va o'yin jarayonida rejalarni o'zgartirishni istamadi.

Myunxendagi o'yinda jamoa 4-1-4-1  taktik sxemasida o'yinni boshlagan bo'lsa, Madridda tavakkal qilishni istamagan Yupp 4-2-3-1 sxemada o'yinni boshladi. Myunxendagi bahsda tayanch hududi birgina Martinezga topshirilgan bo'lsa, Madridda uning yo'qligi bois tayanch zonasida Tiago Alkantara va Korenten Tolisso o'rin olishdi. Alkantara himoyaga yaqinroq, chuqurroq (birinchi pasni berishda, to'pni himoyadan hujumga o'tkazish uchun) joylashgan bo'lsa, Tolisso nisbatan hujumga yaqinroq joylashdi. Xames esa hujumchi ortida dispetcherlik rolida o'ynashi kerak edi.

Birinchi o'yin bilan taqqoslaganda, birgina farqli va yaxshi tomoni shuki, javob uchrashuvida Alaba-Riberi tandemi qaytgani bo'ldi. Ammo birgina bu kamlik qildi. Qizig'i shuki, "Bavariya" Madridda ham katta tashabbus bilan o'ynadi. O'yin mazmuni jihatidan "Bavariya" yorqinroq va agressivroq ko'rindi. Myunxenda "Real" juda puxta va ayyor o'ynagani ularga qo'l kelgandi. Zizu jamoasi yaratilgan vaziyatdan deyarli maksimum foydalangandi. "Bavariya"da esa yakuniy zarbani yo'llaydigan futbolchilar ko'rinmagandi. Har vaziyatdan keyin jamoaning lazaretidagi futbolchilar beixtiyor yodga kelaverdi. Xoh gol urolmagan, xoh gol o'tkazgan vaziyatlarda aynan yo'qotishlarni (Noyer, Robben, Vidal, Koman) eslashga majbur bo'lishdi.

Bu qadar ko'plab muammolar vujudga kelgan vaziyatda "Bavariya" har ikkala o'yinda yorqin o'ynadi. Har ikkala bahsda jamoa ko'plab vaziyatlar yaratdi. Lekin, ammo, biroq...
Aslida nafaqadan qaytarilgan Yuppga nisbatan futbolchilar adolatsizlik qilishdi. Ularni qiyin vaziyatdan chiroyli olib chiqib ketgan va har uchala frontda finishga qadar yaqinlashib qolgan mutaxassisga hurmat yuzadigan ham Levandovski nimaga maydonga tushganini eslashi shart edi. Myuller nimalar qilmoqchi bo'layotganini anglashi shart edi. Ulrayx bunday vaziyatda yosh bolalardek kulguli xatoni yo'lga qo'yishga haqqi yo'q edi. Tolisso esa unga ishonib asosiy tarkibga qo'ygan Yuppning haqqi-hurmati bu qadar masuliyatsizlarcha to'pni Ulrayxga bu qadar ishonchsiz va noaniq uzatmasligi lozim edi. Ammo ular juda muhim pallada, juda zo'r o'ynab turib bu qadar ishonchsiz ko'rinmasliklari shart edi.

Murabbiy futbolchilarga hammasini tushunarli qilib, chiroyli qilib bir suratga chizib bergandi. "Bavariya" futbolchilari esa Yupp uchun qadrli bo'lgan bu suratni maydonga olib chiqib, ikki bor qo'llaridan tushirib yuborishdi. Myunxendagi bahsda Rafinya bir vaziyatda o'sha suratni parchalab qo'ygan bo'lsa, Madridda bu ishni Tolisso takrorladi. Yupp chizib bergan chiroyli surat esa o'shanda butkul parchalangandi. Keyinchalik futbolchilar ushbu suratni qayta tiklay olishmadi. Intilishdi, harakat qilishdi. Lekin o'xshata olishmadi. Vaholanki suratni asrash yoki uni parchalamaslik butkul o'zlarini qo'llarida edi. Yupp uchun alamlisi, bu suratni "Real" parchalay olmadi. Aksincha, o'zlari parchalab qo'yishdi. Trebl qayd etib futboldan ketgan va qiyin pallada 5 yillik tanaffusdan keyin nafaqadan qaytgan Yupp Xaynkesga nisbatan katta adolatsizlik bo'ldi.

Hakamlik?

To'g'risi, hakamlik haqida gapirishdan bir tiyinlik foyda yo'q. Birinchidan, "Bavariya" yaratilgan imkoniyatlarini golga aylantirganida, o'sha penalti bo'lishi kerak bo'lgan vaziyat CHaqir va uning mehribonlik qiladigan jamoasiga yana bir tuhfa bo'lardi. Ammo "Bavariya" o'sha yaratilgan vaziyatlarini ko'kka sovurdi. Qarang, "Bavariya" Madridda ikkita gol urdi. Ammo ko'pchilik "Bavariya" vaziyatlarini golga aylantira olmadi, asl ayb o'zlarida demoqda. Qo'shilaman! Lekin bir jihatga etibor bering, "Real"ga ikkita gol urgan jamoani vaziyatlarni golga aylantira olmaganlikda ayblanmoqda. Yani, hakamlikka qadar savol qoldirmaslik "Bavariya"ni qo'lida ekani aytilmoqda. Bu haqiqat. SHuningdek, bu "Bavariya" va "Real" o'rtasidagi ko'rinib qolgan juda katta farq. SHu turishda ham maydonda kim hukmdor ekani ko'rinib qoldi. Bilinib qoldi. Ammo tablodagi hisob va tarix ko'pchilikka qiziq. Bu ham haqiqat.

Marseloning chap qo'li aslida oyoqmidi? (c) SHahboz Beg'amov

Penalti bormidi, degan savol berishni o'zi uyat. Bu vaziyat bo'yicha faqatgina birgina savol bilan tug'ilishi mumkin: Nega penalti berilmadi?

Bu savolga javob ham aniq. CHunki hakam CHaqir, chunki to'pni qo'li bilan o'ynagan futbolchi "Real" azosi. Bu shunchaki tasodifiy xatolar emas! Uzr, har doim birgina jamoa foydasiga tasodif bo'lavermaydi. Bu endi tasodifiy ananalarga aylanib ulgurdi.
Hakamlar "Real" foydasiga adashishmaydi. Ular shunchaki kerakli payt "Real"ni qo'llab-quvvatlab borishadi. Juda keskin ayblov? Yo'q, bu keskin ayblov yoki tasodif emas - qorong'uda ham ko'rinadigan fakt!
Zidan uchinchi bor ketma-ket ECHLda jamoasini finalga olib chiqmoqda. Bu ajoyib natija! Gap yo'q. "Real"ni shunchaki faqatgina omad tufayli uchinchi marotaba finalga olib chiqishning imkoni yo'q. To'g'ri. Faqatgina omad bilan ish bitmaydi, bu erda hakamlarning ham yordam qo'li sezilib qolmoqda. Etirozga o'rin yo'q.

SHu o'rinda "Real" muxlislari xafa bo'lishmasin. Ularni avvalo final bilan tabriklash kerak. "Real"ga mehr qo'yishgani ularni aybi emas. Hakamlarning xatolari ham ularni muammosi emas. Ular muxlis, ularga juda qiyin. Nega? CHunki g'alabani nishonlashda ko'plab kesatiq va inkor qilib bo'lmaydigan faktlarni eshitishga, ko'rishga majbur bo'lishmoqda. Ammo ularda nima ayb? "Real" muxlislari ketma-ket uchinchi marotaba final muhitini his etishadi. G'alabani nishonlashga faqatgina ular to'la haqli.

Bo'lar ish bo'ldi, har bahor shu bo'lar takror.

Ammo shuni aytish kerakki, "Real" ketma-ket uchinchi bor ECHLda g'olib chiqqan taqdirda ham Evropada eng kuchli jamoaga aylana olmayapti. Futbol, o'yin jihatidan ular bu ro'yxatda kuchli-uchtalikka ham kira olishmayapti. Negadir har safar omad kelgani, tasodifiy xatolar va boshqa vajlar muhokama markazida bo'lmoqda. Bu ham shunchaki tasodif emas...

"Bavariya"ga tekinga kelgan Levandovskini jamoaga qanchalik qimmatga tushayotgani va Niko Kovach xususida boshqa safar bafurja gaplashamiz.

Hakamlik qanchalik jirkanch, futboldagi mag'lubiyatlar qanchalik alamli bo'lmasin, ammo shunisi aniq - futbol juda go'zal!

Muallif :
Reyting: -92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика