“Real” Torres uchun kurashga qo'shildi

11 apr 2020, 07:27
“Valensiya” futbolchisi grandlar nishonida.

“Real” “ko'rshapalak”lar yarim himoyachisi Ferran Torresning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Madridliklar futbolchini yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Torresning “Valensiya” bilan shartnomasida uning tovon puli 100 mln evro sifatida belgilangan.

Futbolchiga “Real”dan tashqari “Yuventus”, “Barselona” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda.

Ferran joriy mavsum La Liganing 25 ta o'yinida maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Don Balon