"Real" sobiq futbolchisi "Atletiko"ga 40 million evro evaziga o'tishi mumkin
10 iyu 2019 15:28
Yangiliklar


"Real" sobiq futbolchisi "Atletiko"ga 40 million evro evaziga o'tishi mumkin
"Betis" yarim himoyachisi Serxio Kanales faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettirishi mumkin.
28 yoshli futbolchi jamoani tark etish niyatida. "Betis" esa Kanales bilan xayrlashmoqchi emas va futbolchi uchun 40 million evro miqdorida tovon puli so'rayapti. "Atletiko" esa bu pulni to'lashga tayyor.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 3ta assistga erishgan. U Sevilya jamoasidan oldin "Real", "Valensiya" va "Real Sosedad" kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan. U "Betis"da 2018 yil iyulidan beri harakat qilib keladi.
"Betis" 2018/19 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatini 10-o'rinda yakunladi. "Atletiko" esa 2-o'rinni egallagan holda CHempionlar Ligasi gurux bosqichini kafolatladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar