So’nggi yangiliklar

11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  5 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  3 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  1 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  1 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  5 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  7 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  7 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3 07:30Саудия Суперкубоги. "Ал Ҳилол" камбек қилиб финалга йўл олди. Финалдаги рақиб бугун аниқланади  5 01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  5 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  3 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  8 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  9

"Real" safarda "Levante"ga beshta gol urdi Yangiliklar

"Real" safarda "Levante"ga beshta gol urdi

Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Levante" – "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Levante – Real Madrid 0:5
18 oktyabr, 19.00, Syudad de Valensiya
Gollar:
Ronaldu 13 penalti, X.Ernandes 38, Ronaldu 61, Xames 66, Isko 82,
Levante
– Marino, P.Lopes, Ivan Lopes, Rodas, Xuanfran, R.Garsiya (CHumetra, 76), Diop, Morales, Kamarasa, Gavilan (Viktor Peres, 46), V.Kasadesus (Barral, 66).
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal, Nacho, Pepe, Marselo (Arbeloa, 73), Isko, Xames, Kroos (Illyaramendi, 67), Modrich (Medran, 78), X. Ernandes, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Xuanfran 11, Kamarasa 23, Gavilan 27.


                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH


90+2. Uchrashuv yakunlandi. "Real" osonlik bilan "Levante"ni taslim qildi.

90. O'yinga 2 daqiqa qo'shib berildi

88.
Uchrashuv tugab bormoqda. Mezbonlar ham gol urish umidini uzishmagan

84.
Xames yana gol urmoqchi, uning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab qoldi

82. Isko jarima maydoni chizig'i ustidan to'pni darvozaning to'qqizligiga joylab qo'ydi - 0:5.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISKO! 0:5

78. O'zgarish. "Real".
Modrich o'rniga Medran tushdi

77.
Mezbonlar burchak to'pi tepishdi, Kasilyas to'pni qaytardi.

76. O'zgarish. "Levante".
Ruben Garsiya o'rniga CHumetra tushdi

75. MODRICHCHCH!! Ronalduning pasidan so'ng Luka 11 metrli nuqta yonidan zarba berdi, to'pni posbon qaytardi, qaytgan to'pni uning o'zi noaniq tarzda yo'lladi...

73. O'zgarish. "Real".
Marselo o'rniga Arbeloa tushdi

72.
"Levante" muxlislari asta-sekin uylariga ketishmoqda... vaqtlimasmikin hali?

70.
"Real" futbolchilari yana nechta gol urisharkin? Taxminlar bormi?

67. O'zgarish. "Real".
Kroos o'rniga Illyaramendi tushdi

66. O'zgarish. "Levante".
Kasadesus o'rniga Barral tushdi

66. Kroosning chiroyli pasidan so'ng to'pni qabul qilib olgan Xames jarima maydoni ichidan darvozaga to'p kiritdi - 0:4.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XAMES RODRIGES!! 0:4

65.
Mezbonlar esa o'z muxlislari uchun gol urishmoqchi. Sababi mavsum boshidan buyon "Levante" o'z maydonida umuman gol ura olmayapti...

64.
"Real" natijani deyarli hal qilib qo'ydi va endi chiroyli o'ynashga urinmoqda

61. Iskodan to'pni qabul qilib olgan Ronaldu ikki nafar himoyachini "zamax"da aldab o'tdi va darvozani ishg'ol qildi - 0:3.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDU!!! DUBL!

56.
Ronaldu jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, Marino to'pni qaytardi

53. ZARBAAAA! Ronaldu! Oshirib berilgan to'pni Krishtianu to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, posbon o'zini ko'rsatdi!

52.
"Levante" hujumlarni asosan havodan tashkil etmoqda, ikkinchi qavatda hujumchilar imkoniyatdan foydalan olishmayapti

50.
Morales chap qanotdan oldinga o'tdi, Xames uni yiqitishga majbur bo'ldi. "Levante" futbolchilari jarima to'pi tepishadi

47.
Mezbonlar ikkinchi bo'limni ancha hujumkor tarzda boshlashdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. O'zgarish. "Levante".
Gavilan o'rniga Viktor Peres tushdi

45. Dastlabki bo'lim tugadi. Hozircha "Real" 2:0 hisobida oldinda. 15 daqiqalik tanaffus

43. "Levante"ning javob hujumi!
Moralesning kuchli zarbasidan so'ng Nacho to'pni qaytardi. Burchak to'pidan so'ng Diop jarima maydoniga oshirdi, Kasilyas o'z o'rnida

41. Xavfli vaziyat! Xamesning chap qanotdan oshirgan to'pini CHicharito darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq! Ikkala futbolchi ham juda faol, judayam...

39.
"Real" to'pni o'zida saqlab turibdi, asta sekin hujumga o'tmoqda

38. Xamesning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini CHicharito boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:2.

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xaver Ernandes 0:2!!!

37. Xavfli vaziyat!! CHicharito va Ronaldu to'pni darvozaga yo'llay olishmadi...

35. ZARBAAA! Ronalduning pasidan so'ng Modrich zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!

32. "Levante"ning hujumi!
Ruben Garsiya raqib jarima maydoni ichida Nacho bilan to'qnashib ketdi, hakam penalti belgilash uchun asos yo'q deb hisobladi

29.
O'yin keskinlashmoqda, ikkala jamoa futbolchilari bir birlarini ayashmayapti

27. Ogohlantirish. "Levante".
Gavilan

25. "Levante" qarshi hujumga o'tdi. Diop burchak to'pini amalga oshirdi, uning pasidan so'ng hisob tenglashishi mumkin edi! Rodasning zarbasidan so'ng to'pni Modrich darvoza chizig'idan qaytarib qoldi!

24.
Ronalduning kuchli zarbasi jonli devordagi futbolchilardan biriga tegib qaytdi

23.
"Real" chamasi 30 metrlardan jarima to'piga ega bo'ldi.

23. Ogohlantirish. "Levante".
Viktor Kamarasa 

19.
"Levante" gol o'tkazib yuborgach hujumga o'tmoqda. Kasadesusning chap oyoqda burama zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

17. ZARBA!
Gavilanning zarbasi noaniq ketdi, Kasilyas barchasini ko'rib turgandi

15.
Stadion shunday qurilganki tomoshabinlar bemalol jonli to'lqin qila olishadi. Lekin mezbonlar mag'lub bo'lishmoqda shu bois to'lqin yo'q hozircha...)

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldu 0:1!

11. PENALTI! Xuanfran o'z jarima maydoni ichida CHicharitoni yiqitdi. Ronaldu penalti tepadi

11. Ogohlantirish. "Levante".
Xuanfran

8. Xavfli vaziyat! Qanotdan oshirilgan to'pni Kasadesus boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

7.
Mana mezbonlarning ilk hujumi...lekin Diopning to'p uzatishini noaniq bo'ldi. Pepe to'pni qaytarib yubordi

5.
"Real"ning hujumlari davom etadi. Marselo chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'pni himoyachi qaytarib yubordi

3. Yana bir zarba!
Bu safar Ronaldu jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyog'ida zarba berdi, bu safar ham to'p ustun yonidan o'tib ketdi

2. XAVFLI VAZIYAT!!! Ronaldu raqib jarima maydoni ichiga kirib borib chap oyog'i bilan zarba berdi, noaniq! Juda xavfli edi

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Stadiondagilar Visente Luchch xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashdi.

- Karlo Anchelotti bugun Serxio Ramos, Garet Beyl va Benzemani asosiy tarkibga kiritmadi.

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi. "Real" oq, "Levante" qizil-ko'k yo'l-yo'l formada o'ynaydi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari. "Levante" va "Real" o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda...Sizlar bilan bu bahsni Narzulla kuzatib boradi. Qiziqarli o'yin bo'ladi deb umid qilamiz.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика