"Real" Ronalduni Beyldan qimmatroqqa sotib olgan

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2016, 13:45
2009 yilda Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dan "Real"ga o'tishi futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo'lib qolaveradi.

Oldinroq Football Leaks Garet Beyl futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi ekanligini va "Real" uelslik uchun 100 mln. 759 ming evro to'lagani e'lon qilingan edi.

"Marca"ning xabar berishicha, "Real" Ronaldu uchun 104,7 mln. evro to'lagan. Bu transfer kelishuvi hujjatlarida UEFAning bazi qoidalari chetlab o'tilgan yashirin ma'lumotlar bo'lgan. "Real" bu transfer uchun ikki bankdan 72 mln. evro ssuda olgan va mablag'ni inglizlarga uchga bo'lib to'lagan. Soliqlarni qo'shib hisoblaganda transfer 104,7 mln. evroga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca