"Real" "Rayo Valekano" bilan o'yin oldidan ikkita yo'qotishga ega

Sherzod Nurmatov
26 fev 2022, 20:37
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikricha, "Real"ning ikki futbolchisi bo'lajak o'yinda jamoaga yordam bera olmaydi.

Italiyalik murabbiyning so'zlariga ko'ra, himoyachi David Alaba va vinger Garet Beyl safdan chiqqan.

"Har ikki futbolchining mushaklarida muammo bor", – dedi Anchelotti.

Bugun "Real" La Liganing 26-turi doirasida "Rayo Valekano" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv boshlanish vaqti – Toshkent vaqti bilan 22:30 da.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana