So’nggi yangiliklar

13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  3 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2

"Real" Qorbobo kabi – raqiblarga buyurtma asosida liboslar olib keldi, Jud bolboyni isitdi, ayol rahbar esa yulduzga aylandi. 4-ligaga sayohat ajoyib taassurotlarga boy bo'ldi! (mutolaa qilish shart!) Yangiliklar

"Real" Qorbobo kabi – raqiblarga buyurtma asosida liboslar olib keldi, Jud bolboyni isitdi, ayol rahbar esa yulduzga aylandi. 4-ligaga sayohat ajoyib taassurotlarga boy bo'ldi! (mutolaa qilish shart!)

Ispaniya "Arandina"ni sevib qoldi.

"Real" mavsumda mehmondagi eng hissiyotli o'yinini o'tkazdi: jamoa Ispaniya kubogi 1/16 final doirasida to'rtinchi ligada ishtirok etuvchi "Arandina" bilan o'ynadi. "Real" 3:1 hisobida yutgan bo'lsa ham deyarli bir soat gol ura olmadi.

Burgosning 30 ming inson yashaydigan shaharchasida Arda Gyuler debyut qildi – u yozgi transferdan so'ng jarohat olgandi. Turk 14-daqiqada xavfli zarba berdi – darvozabon esa qutqardi. SHuningdek Niko Pas yana bir ajoyib vaziyatni qo'ldan boy berdi: yaxshi poziciyadan o'ta noaniq zarba chiqdi. Eduardo Kamavinga jarohatdan so'ng qaytdi, aynan u aziyat chekayotgan mudofaa markazini qutqarishi kerak.



"Real" zerikarli o'tgan birinchi taymdan so'ng barchasini hal qilib qo'ya qoldi. 53-daqiqada hisob ochilmagandi, 55-daqiqada esa favoritlar 2:0 hisobida oldinga o'tib olishdi. Braim Dias penalti ishladi va o'yindan to'p kiritdi. Rodrigo yakunda uchinchisini qo'shdi, "Arandina" uchun esa protokolga ular hisobiga gol yozildi. Aniqrog'i avtogol.

"Real" 1/8 finalga o'tdi, yangi raqib dushanbada aniq bo'ladi va 17 yanvar kuni bahs bo'lib o'tadi. Ammo, u erda "Arandina"dek jonkuyari bo'lishi ehtimoli past.


Barchani "Arandina"ning 35 yoshli prezidenti Virxiniya maftun etdi. U "Real" muxlisi


"Real" tushib qolgani sabab butun Ispaniya va Evropada "Arandina"ning prezidentini tanib olishdi.

Bu Virxiniya Martines, u Aranda de Duero shahrida tug'ilgan va o'sgan, yoshi 35da. Malumoti bo'yicha advokat, ammo uch yarim yildan beri ushbu sensacion klubni boshqarib keladi.



O'yin kuni Cuatro kanali efirida o'z shahri markazidagi Qirol kubogi fotohududida turib 1/32 finaldagi "Kadis" ustida g'alabadan so'ng "Real"dan ham o'tishini ishonch bilan aytgandi.

"Klubda do'stimning taklifiga binoan va unga shunchaki qo'shimcha qo'llar kerak bo'lganda ishlashni boshladim, – deydi Virxiniya As bilan intervyuda. – Hujjatlar va boshqa yuridik masalalar bilan shug'ullanadigan odam kerak edi. To'g'risini aytsam, klubdagi ayol rahbar sifatida faqat qo'llab-quvvatlashni his qilyapman. Sababi barchasini jins emas, boshqaruv iqtidori hal qiladi".

"Arandina"da ushbu ayol kelishiga qadar va u bilan ham muammolar kam emas. 2017 yil "Kadis" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoa futbolchilari guruhli zo'rlashda ayblangan. "Arandina" o'yinchilari noyabrda qarzlar sabab norozilik bildirishdi: ular norozilik belgisi sifatida "Mursiya"ga qarshi o'yinda hushtakdan so'ng shunchaki maydon chetida turishdi. SHuningdek mahalliy mamuriyat bilan uzoq muddatli kelishmovchilikni hal qilishga to'g'ri keldi.

"Madrid" bilan o'yin esa barchani birlashtirdi.



Ushbu ayol "Real" muxlisasi. O'yin oldidan ispan OAV shu qadam jo'shqinlandiki, hatto shunday savol berishdi: "ispan futboli "Real"ga ayol kishi prezident bo'lishiga tayyormi?". Virxiniya Florentino Peres sevimli klubidagi eng yaxshi rahbarligini aytdi. Aytgancha, Virxiniyaga qadar "Arandina"da ayol prezidentlar bo'lmagan.

Martinesning aytishicha, o'yinga tayyorgarlik paytida "Real" yosh o'rtoqlariga barchasida yordam bergan: doimo aloqada bo'lgan, barcha savollarga javob va maslahatlar bergan. Va madridliklarni maksimum sevgi bilan kutib olishga vada bergan.

Virxiniya "Real" bilan o'yin sabab yulduzga aylandi: u ispan mediasining barcha bosh nashrlarida paydo bo'lgan. U jon deb klub, o'zi, rollari va nimalar kutayotganini aytib bergan.


"Arandina" sardori ertalab soat beshda turadi: u baliq do'konida ishlaydi. Uni kalligi sabab Yahudo deb laqab qo'yishgan


"Arandina" – shahardagi yarimprofessionallardan iborat terma jamoa

Uning ramzi esa ko'proq Xorxe Peska sifatida taniqli bo'lgan Xorxe Gonsalesdir. U Qirol kubogining o'tgan bosqichida o'sha "Kadis"ga qarshi suvli o'yinda g'alaba to'pini kiritgan.

Uning ikkinchi familiyasi – Peska – ispan tilidan tarjima qilgan "baliq ovlash" degan manoni bildiradi. Albatta, bu o'z-o'zidan emas. Xorxe baliq do'konida ishlaydi. O'yindan oldin Cuatro telekanali u bilan butun tongni o'tkazdi. "Arandina" o'yinchisi ertalab soat beshdanoq ishda edi.



U o'zining baliqchilikdagi ishlari bilan shug'ullanish uchun 4:30da turganini aytdi.

Doim shunday, ishdan so'ng "Real"gacha etib borgan jamoa tarkibidagi mashg'ulotlarga yo'l oladi.



Aytgancha, Xorxe "Real"ga muxlislik qiladi. U Relevo'ga uning ustidan kulishlarini aytdi: "Men tezlik bilan kallashib ketyapman, shu sabab meni kiyim almashtirish xonasida Pellingem (ispan tilida so'ng o'yini – pelo, sochlar - Sports.ru) deb atashmoqda. Umid qilamanki, Kubokda haqiqiy Bellingem bilan ko'risha olamiz".

Bu quraga qadar bo'lgan so'zlar edi. Endi nega "Arandina"ning "Real"ga tushganidan quvongani ikki baravar tushunarli.

Ammo, Jud o'yinda kerak bo'lmadi. Peska esa ikki taym boshida hisob 0:0 bo'lib turgan payti sariq kartochka oldi. Aytgancha, Xorxeda baribir Bellingemning libosi bo'ladi.


Kiyim almashtirish xonasi maktabdagidek, "Real"ga Qorbobo kabi liboslarni buyurtma qilishdi, "Qirollik klubi"ni ushbu kun uchun ajoyib kutib olishdi


"Real" bilan o'yin sabab "Arandina" stadionini deyarli ikki baravarga oshirishdi: sig'imni oshirish uchun vaqtinchalik tribunalar qo'yildi va uning hajmi oltidan 10 mingga qadar ko'tarildi. Ammo, sharoit to'rtinchi ligadagi jamoadek, "Madrid" shunday atmosferaga tushib qoldi.

Stadiondagi kiyim almashtirish xonasining ko'rinishi. Minimalizm!



Kubokda "Qirollik klubi"ning kelishi bayram bilan qo'shilib ketdi.

Ispaniyada 5-dan 6-ga o'tar kechasi Uch qirollar kuni nishonlanadi – ular, yani sehrgarlar tunda ispan bolalariga sovg'alar olib kelishadi. Yangi yil tatilining yakunida (Rodjestvo va yangi yil kechalaridan so'ng) oilaviy yig'ilishning yana bir sababi."Real" tarkibida "Arandina" bilan o'yin uchun biroz ko'proq qirollar keldi. O'yinni mahalliy televideniyada uch ot bilan anons qilishdi: ko'proq Luka Modrich, Jud Bellingem va Karlo Anchelotti. "Arandina" qirollarga oldindan buyurtma berib qo'ydi (huddi Qorbobodan so'ragan kabi). Madridliklarga o'yinchilar olishni xohlayotgan liboslar ro'yxatini yuborishdi.



Marca vish-listni ko'rsatdi: to'qqiz inson Modrichning libosini, uch nafari esa Judnikini xohlashgan. Darvozabon hamkasblarinikini: biri Kepanikini, boshqasi Tibo Kurtuanikini. Hatto Nachoning libosini xohlagan yigitcha ham topildi.

Sardor Xorxe Peska shunday dedi: "Kiyim almashtirish xonasida ko'proq liboslar yig'ish g'oyasini ilgari surdim, sababi o'yindan so'ng hamma bitta libosni xohlaydi. Bu o'yindagi go'zallik undan xotiralarda doim qoladigan narsa olishdir. Agar "Madrid" bizga ko'proq liboslar bera olsa ajoyib bo'lardi".

Futboldagi yana bir chiroyli voqea – "Real"ning avtogoliga sababchi bo'lgan "Arandina" yarim himoyachisi Rali. U Kabo-Verde terma jamoasida Rodrigo o'ynagan Braziliya olimpiya terma jamoasiga qarshi debyut qildi. "O'yindan so'ng undan futbolkasini so'radim, – deb eslaydi Rali o'yindan oldin. – Ammo, u bunga ruxsat bermasliklarini aytdi. Hech qisi yo'q, shanba kuni menda yana bir imkoniyat bo'ladi".

Qorboboga buyurtma ro'yxatida Ralining yonida Rodrigo yozilgan.

Jud Bellingem o'yindan oldin o'yinni tashkil etishda yordam bergan bir necha bolachalarni xursand qildi. Hammasiga selfi uchun to'xtadi!



O'yin paytida esa yopinchig'ini bolboylardan biriga berdi. Qanday ajoyib! O'yin boshlanishida stadiondagi harorat 0 atrofida edi, o'yin paytida esa harorat aniq minusga tushdi.



Yopinchiq nasib etgan bolaning ismi Oli. U El Desmarque'ga unga hatto Jud aynan qanday murojaat qilgani va aynan nima deganini tushunmaganini aytdi.

Yigitcha shunchaki endilikda Bellingem uning sevimli futbolchisi bo'lganini tan oldi. Bu kun esa hayotidagi eng yaxshisi.

Oli va Jud maydonning o'zida suratga tushishdi.



Uch qirollar kuni uchun majburiy narsa roskon nomli bayram shirinligi. Bu o'rtasi teshik bo'lgan aylana shirin pirog va uning ikki qismi orasida krem bor. Yangi yilning ilk kunlarida roskonlar barcha ispan do'konlarida bo'ladi va tez sotiladi.

"Real" bilan o'yinga chiptalarni Arandada qo'lga kiritish imkonsiz edi, o'yinga yaqin payt esa bayram mo'jizasidan boshqa variant yo'q edi. Odatda har qanday roskondan qirol shaklini topish mumkin (kimga tushsa butun yil bo'yi xursand bo'ladi), u esa "Madrid"ga chiptalarni anglatadi.



Faqatgina shu shirinliklar pishiruvchi joyda o'nta chipta o'ynaldi.



Kimdir "Arandina" o'yini uchun unutilmas sovg'aga ega bo'ldi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика