"Real" PSJga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi

Alisher
17 sen 2019, 13:00
"Real" himoyachisi Marselo Chempionlar Ligasi 1-tur doirasidagi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tajribali futbolchi "Levante" (3:2)ga qarshi o'yinda bo'ynidan olgan jarohati tufayli noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Tez orada uning o'rnini yozda "Lion"dan sotib olingan Ferlan Mendi egallashi kutilmoqda.

Marselo joriy mavsum "Real" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.

PSJ va "Real" o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com