"Real" Portugaliya va "Benfika" himoyachisini sotib olishga yaqin
10 iyu 2019 19:40
Yangiliklar


"Real" Portugaliya va "Benfika" himoyachisini sotib olishga yaqin
Madridning "Real" klubi "Benfika" bilan Ruben Diash borasida muzokara o'tkazdi.
22 yoshli futbolchining narxi 60 million evro deya baholanayotgan bo'lsa-da, klublar o'rtasidagi yaqinlik portugallar tomonidan imtiyoz (skidka) elon qilinishi va Diashning narxi pasayishi bilan yakunlanishi mumkin.
Diash ortda qolgan mavsumda "Benfika" bilan 32 o'yinda qatnashdi va 3 ta gol, 1 assist qayd etdi. Bundan tashqari Evropa ligasida 6 o'yinda ishtirok etgan markaziy himoyachi 1 tadan gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar