"Real" Pochettino nomzodiga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 dek 2018, 22:44
"Real" rahbariyati "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni ishga jalb etmoqchi.

"The Guardian" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati jamoani boshqarayotgan Santyago Solarining faoliyatidan mamnun emas. U yaqin orada ishdan ketishi mumkin.

"Qaymoqranglilar" ancha vaqtdan buyon "Tottenxem" ustozi Maurichio Pochettinoni kuzatib borishmoqda. Ular argentinalikning talablariga rozi bo'lishlari mumkin.

"Real" ayni damda Primeroning 15 turidan keyin 4-o'rinda ketmoqda. Kecha jamoa YCHLning 6-turida o'z maydonida SSKAga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian