

O'tgan mavsumni ham qo'shib hisoblasak madridliklar ketma-ket 15-bor g'alabaga erishishdi. 1960/61 yilda ham klub shunday g'alabali seriyadan iborat rekordni qayd etgandi.
So'nggi bor Real La Ligada 27 fevral kuni ochko yo'qotgandi. O'shanda Atletikoga imkoniyat boy berilgandi (0:1).
Chempionat mutloq rekordi Barselonaga tegishli. Kataloniya klubi 2010/11 yilgi mavsumda ketma-ket 16 uchrashuvda g'alaba qozongan.
Keyingi turda Real safarda Espanolga qarshi o'ynaydi. Bu o'yindagi g'alaba Madrid klubini ham chempionat rekordchisiga aylantiradi.



