Real o'z futbolchisini ijaraga berdi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2018, 22:35
Real yarim himoyachisi Martin Edegor mavsumni Vitessda o'tkazadi.

Gollandiya klubi 19 yoshli futbolchini 2019 yil 30 iyuniga qadar ijaraga oldi.

Norvegiyalik futbolchi Gollandiyada o'ynash tajribasiga ega. O'tgan 1,5 yil davomida Xerenvenda ijarada o'ynagan.

Vitessni rossiyalik murabbiy Leonid Sluckiy boshqarmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vitesse.org