"Real" Morata va Daniloning sotilishidan 100 million evro ishlab olmoqchi

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017, 20:26
"Real" himoyachi Danilo va hujumchi Alvaro Moratalar bilan xayrlashishga tayyor.

"Marca" nashrining ma'lum qilishicha, futbolchilar yaqin kunlarda klublarini o'zgartirishlari mumkin. "Galaktikos" bu ikki futbolchi uchun umumiy 100 million evro olishni mo'ljallashmoqda. Oldinroq, klub Morata uchun 90, Danilo uchun esa 30 million evro so'ragan edi.

Morata uchun kurashda "Chelsi" va "Milan" favorit hisoblanayotgan bo'lsa, Daniloga "Chelsi" va "Yuventus" qiziqmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca