"Real" "Monako"ga Xames uchun 75 mln. evro to'lagan
04 apr 2016 13:45
Yangiliklar
"Real" "Monako"ga Xames uchun 75 mln. evro to'lagan
Bu safar "Monako"dan "Qirollik klubi"ga o'tgan Xames Rodriges malumotlari elon qilindi.
Malumotlarga ko'ra, qaymoqranglilar monegasklarga Xames uchun 75 mln. evro to'lagan. To'lov uch muddatda amalga oshirilgan va har safar "Real" 25 mln. evrodan "Monako" hisobiga pul o'tkazib berishi kerak bo'lgan. Ispan grandi joriy yilning iyul oyigacha yana 25 mln. evro to'lashi lozim. Bundan tashqari, agar "Real" CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, "Monako" har mavsum 1 mln. evrodan ishlab oladi. Ammo bu borada malum chegaralar bor va "Qirollik klubi" CHempionlar ligasi uchun monegasklarga 5 mln. evrodan ortiq to'lamaydi. SHu bilan birga, agar Xames "Oltin to'p" uchun asosiy uch davogardan biri bo'lsa, "Real" yana 5 mln. evro to'laydi. Rodriges yilning eng yaxshi futbolchisiga aylansa, "Qirollik klubi" yana shuncha mablag'ni "Monako" hisobiga o'tkazib beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar