"Real" "Milan"ning 16 yoshli yarim himoyachisini nishonga oldi
24 jan 2015 10:20
Yangiliklar
"Real" "Milan"ning 16 yoshli yarim himoyachisini nishonga oldi
Madridning "Real" klubi iqtidorlar izlashda davom etmoqda.
"Qirollik klubi" murabbiylar shtabini bu safar "Milan" yarim himoyachisi Hoshim Masturga etibor qaratdi. Asli Marokashdan bo'lgan, bu 16 yoshli futbolchi tez-tez jamoaning asosiy tarkibi bilan shug'ullanib turadi. Filippo Inzagi bu mavsumda uni besh bor qaydnomaga kiritdi, ammo Mastur biror marta maydonga tushgani yo'q.
Mastur o'zining kuchli zarbasi, jismonan baquvvatligi va yuqori texnikasi bilan o'z tengqurlaridan ajralib turadi.
O'tgan mavsumda futbolchiga "Barselona" "sovchi" bo'lgandi, ammo "Milan" rahbariyati Masturni qo'yib yubormadi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar