"Real" mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi ilk o'yinda g'alabaga erishdi
12 iyu 2021 09:01
Yangiliklar


"Real" mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi ilk o'yinda g'alabaga erishdi
"Real" mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi ilk o'rtoqlik o'yinida "Fuenlabrada"ni mag'lub etdi.
Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etadigan klub madridliklar tomonidan mag'lubiyatga uchratildi - 3:1.
G'oliblar tarkibida gollarni Viktor CHust, Martin Edegor va Mariano Dias urishdi.
Qayd etish kerakki, bu Karlo Anchelotti uchun "Real" bosh murabbiyligiga qaytganidan keyingi ilk o'yin bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar