"Real" Marseloni "Yuventus" futbolchisiga almashtirmoqchi
01 noy 2018 15:47
Yangiliklar
"Real" Marseloni "Yuventus" futbolchisiga almashtirmoqchi
Malumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" himoyachisi Marselo Italiyaga yo'l olishi, uning hamyurti Aleks Sandro esa Ispaniya klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. "Yuventus" uzoq vaqtdan beri o'z futbolchisi bilan shartnoma uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Aleks Sandro va "keksa sinora" o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi. Marselo o'z navbatida oldinroq "Yuventus"ga o'tmoqchi ekanligini aytgan edi.
Futbolchilarni almashtirishga "Qirollik klubi" qiziqish bildirmoqda. "Real" Marselo uchun Aleks Sandro va bir necha million evro olmoqchi. "Qaymoqranglilar" o'z futbolchisini 60 mln evroga, Sandroni esa - 45 mln evroga baholamoqda. Biroq futbolchilar yoshini hisobga olsak (Marselo 30 yosh, Sandro 27 yosh), klublar ortiqcha to'lovlarsiz o'yinchilarni almashtirishi mumkin.
Muzokaralardagi eng katta muammo futbolchilar maoshidagi farq bo'lishi mumkin. Sandroning yillik maoshi 2,8 mln evro, Marseloniki esa 10 mln evrodan ko'proq.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar