"Real" Marselodan norozi
19 okt 2020 19:21
Yangiliklar


"Real" Marselodan norozi
Madridning "Real" klubi rahbariyati himoyaning chap qanotini kuchaytirish haqida o'ylayapti. Bu haqda AS xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi" Marseloning jismoniy holatidan norozi. Yaqinda braziliyalik himoyachi "Real" bilan hamkorlikni to'xtatib, MLSga yo'l olishi mumkinligi haqida yangiliklar paydo bo'lgan edi.
Bunday holatda Madrid grandi "Tottenxem"dan Serxio Regilonni qaytarish variantini faollashtiradi. Xabarigiz bor, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi sentyabr oyida "shporlar"ga sotib yuborilgan edi (30 mln evro), ammo "qaymoqranglilar" Serxioni qayta xarid qilish huquqini saqlab qolishgan.
2020/21 yilgi mavsumda 4 ta o'yin o'tkazgan Regilon 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar