So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  101 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Real", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqqan "shotlandiyalik Messi" qaerga yo'qoldi? Yangiliklar

"Real", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqqan "shotlandiyalik Messi" qaerga yo'qoldi?

SHotlandiya futbolida bir yomon illat bor.

Yosh futbolchilar tez o'sishadi, xalq unga katta ishonch bildiradi. Biroq ularning ko'pchiligi yuqori saviyali futbolchi bo'la olishmaydi. Barri Fergyuson, Eyden Makgidi, Alan Xatton kabi futbolchilarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Hattoki, Oliver Berk ham xaayolga keladi. Yosh iqtidorlar katta bosim ostida bo'lganida iqtidor ham ularga yordam berolmasligi mumkin. Qarang, har doim ham yuqori saviyali etuk futbolchilarni voyaga etishtirib bera olmaydigan SHotlandiya futbol maktabi ko'p jabhalarda maqtana olmaydi.

Biroq hozirda yuqoridagi kabi yarq etib porlab chiqib, keyinchalik "yo'qolib qolgan" futbolchilar orasida Rayan Goldga teng keladigani yo'q. "Dandi Yunayted"ning sobiq futbolchisi Portugaliya chempionatiga o'tib ketdi. Lissabonning "Sporting" jamoasi 19 yoshli futbolchini sotib olishda barchadan ustun bo'lib chiqdi. Mana shu ish futbolchining faoliyatiga soya soldi. Yomon-aaa.

Rayan Goldning hozirgi holatini hisobga olish kerak, keling tarixni bir boshidan boshlaymiz. Bu voqea 2012 yilning may oyida sodir bo'lgandi. U chempionatning so'nggi turida "Mazervill"ga qarshi o'yinda Jonni Rasselning o'rniga maydonga tushdi va 3 daqiqagina o'ynadi.


Aberdinlik yigitcha o'sha vaqtgacha hali biror marta ham tarkibda ko'rinish bermagandi. Keyinchalik murabbiylar shtabi unga umid bildirib, o'yinlar qaydnomasiga kirita boshlashdi. 

2013/14 yilgi mavsumda u asosiy tarkibning to'laqonli azosiga aylandi. Uning bo'yi 164 sm, jismoniy jihatdan ham kuchli emasdi. Biroq raqib himoyachilari uning tezligi, texnikasi va driblingiga hech qanday chora topa olishmasdi. SHotlandiya futboli har doim bir jihat - futbolchilarining jismoniy tarafdan kuchli ekanligi bilan ajralib turardi. Gold esa kelajak uchun juda yaxshi "mahsulot" edi. U texnika, maydonni ko'ra olish, antiqa qarorlar, o'yinni yaxshi his qilishi bilan boshqalardan ajralib turardi. U shunday sifatlari bilan murabbiy-u, muxlislarning etirofini qozongandi.

Ispaniya futbolida bunday yoshlar uchun juda yaxshi edi. SHu boisdan shotlandiyalik futbolchida umidlar paydo bo'ldi.

Tabiiyki, bunday tipdagi futbolchi OAVning nazaridan chetda qolmasdi. Mahalliy jurnalistlar uni "shotlandiyalik Messi" deb atay boshlashdi. O'sha mavsumda yarim himoyachi 32 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol kiritgandi, jamoasining SHotlandiya kubogini qo'lga kiritishiga katta yordam bergandi. Rayan Gold kubok yarim finalida "Reynjers"ga qarshi o'yinda yaqqol ko'zga tashlandi. U Glazgo shahri jamoasi darvozasiga 2 gol kiritgandi. Yakuniy hisob - 3:1.

Uning o'yinlari rahbariyatga shunday yoqardiki, buni qisqa muddatda ikki marta maoshi yaxshilangan shartnoma taklif etilganidan bilsak ham bo'ladi. Gold "SHotlandiyaning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrini uchun o'tkazilgan so'rovnomada 2-o'rinni egalladi. Bunday yuqori darajadagi sovrinni u ayni damda "Liverpul"ning chap qanot himoyachisiga yutqazib qo'ydi. Bu Endryu Robertson edi.

Keyinchalik shov-shuvli transfer amalga oshdi. Matbuot xabariga ko'ra, Rayanning xizmatlariga "Real", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Everton" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lgan. Biroq Lissabonning "Sporting" jamoasi futbolchini 3 mln evro evaziga sotib oldi. Ammo ushbu transfer futbolchi uchun foydaga emas, zararga ishladi. Goldning faoliyatida katta inqiroz ko'zga tashlandi.

Goldning o'zi "Sporting"ga ko'chib o'tishga rozi bo'lgan. U yoshlar jamoasida o'ynashi kerak edi. O'sha tarkibda u Vilyam Karvalyu, Adrien Silva, Joau Silva va Andre Marting kabi futbolchilar bilan raqobat qilishi kerak edi. Birinchi mavsumda u faqatgina 5 uchrashuvda maydonga tushdi.

Ikkinchi mavsumda esa uni butunlay esdan chiqarishdi. Rayan faqat "Sporting B" tarkibida o'ynadi. O'sha davrda jamoani Marku Silva tark etdi va bosh murabbiylikka Jorje Jezush bordi. Goldda o'yin amaliyoti juda kam edi, "Sporting" o'shanda bir necha futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor bo'lib turgandi. Jamoa uni boshqa klubga ijaraga berib yubordi.

Uchinchi mavsumda Gold "Vitoriya"ga bordi. Setubal jamoasi yanvar oyida "Sporting"ni Portugaliya kubogidan chiqarib yubordi. O'yinda yaxshi harakat qilgan futbolchi yana Lissabon jamoasi tarkibiga qaytdi. "Sporting"dagilar esa Goldni asosiy tarkibga qo'yish vaqti etib kelganini sezishdi. Biroq yana "Sporting B" tarkibida.

2015/16 yilgi mavsumda Gold "Daily Mail"ga bergan intervyusida: "Sporting" rahbariyatiga meni boshqa jamoaga ijaraga berib yuborishni so'ragan edim. Ular yo'q deb javob berishdi. Ular meni o'z jamoalari tarkibida ko'rishni xohlayotganliklarini aytishdi. Lissabon jamoasi har doim ham yosh futbolchilar uchun menga sarflangan mablag'ni ishlatib yuborishmas ekan. SHu boisdan meni ketkazib yuborishmadi", - dedi Gold.

Baribir u "Avesh"ga ko'chib o'tdi. U ayni damda jamoaning muhim futbolchisi emas, biroq bu mavsumda 21 uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.

Gold SHotlandiya xalqining ishonchini oqlay olmadi. "Sporting"ga o'tish esa, uning faoliyatiga jiddiy zarar keltirdi.

Rayan ayni damda 22 yoshda. Biroq hali ham keyingi faoliyatini yaxshi yo'lga solib olishga vaqt etarlicha. "SHotlandiyalik Messi"da yaxshi potencial bor, ammo u buni qanday qilib ishlatish kerakligini bilmayapti.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика