So’nggi yangiliklar

11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  0 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  7 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0

"Real Madrid"ning navbatdagi finali haqida Yangiliklar

"Real Madrid"ning navbatdagi finali haqida

La Liga 35-tur doirasida "Real Madrid" o'z uyida "Alaves"ni qabul qiladi.

Bugun bizni Ispaniya chempionatining navbatdagi qiziqarli bellashuvi kutib turibdi.  

Turnir jadvalidagi holat

"Real" hamon musobaqa peshqadami bo'lib turibdi – "Barselona" 1 ochkoga ortda qolmoqda (va "Real" hozircha bitta o'yin kam o'tkazgan). "Alaves"da esa o'zining jiddiy muammolari bor. Jamoa ketma-ket 5 ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi, xavfli zona juda yaqin kelib qoldi va tezda nimanidir o'zgartirish zarur. Ishni murabbiyni almashtirishdan boshlandi – Aser Garitano istefoga chiqarildi.

Muhim vaziyatlar

Zidan himoyada eksperiment o'tkazishga majbur 

Ispaniya chempionati restartidan keyin "Real" 7 uchrashuvda 2 ta to'p qo'yib yubordi. Oxirgi marta qatorasiga 4 o'yinni "quruq" o'tkazadigan "Real"ni ko'rganimizga ham ancha bo'lgandi. 

Zidan boshliq murabbiylar shtabi 11 o'yinlik oraliqda kamroq gol o'tkazgan jamoa ko'proq ochko to'plashini yaxshi tushungan holda – nafaqat futbolchilarning jismoniy holati, balki himoyadagi o'yinga ham alohida etibor qaratishdi. Bu erda Serxio Ramos yaqqol ajralib turuvchi figura bo'lib gavdalanadi, u himoya mustahkamlagini taminlashdan tashqari, goleador hujumchilardek samaradorlik ham qayd etmoqda.

Bitta muammo – "Alaves" bilan o'yinda diskvalifikaciya tufayli Ramos bo'lmaydi. SHu bilan birga uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan Nacho ham bo'lmaydi. SHu kabi sabab tufayli Karvaxal ham bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bazi sabablarga ko'ra Marselo ham qaydnomaga kiritilmadi. Endi katta ehtimol bilan himoya markazida Militao va Varan juftligini ko'ramiz. O'ng qanot himoyasidan esa Lukas Vaskes o'rin egallaydi.

"Madrid"ni to'rtta final kutib turibdi, klubning bitta xatoga haqqi bor

Yana bir variantda "Real" ikki marta durang o'ynashi ham mumkin, sababi ochkolar teng kelib qolsa, "Qirollik klubi" o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra, "Barselona"dan yuqorida bo'ladi.

Biz Zidan futbolchilarini alohida o'yinlarga ruhlantira olishini bilib ulgurganmiz – va hattoki ketma-ket 7 finalga ham. Lekin navbatdagi "final"da u Ramos va Karvaxalsiz – restartdan keyin chempionatning har o'yinida maydonga tushgan yigitlarsiz. Ramosning xotirjamligi va ishonchli o'yini, Karvaxalning hujumlarga faol qo'shilishi va himoyani "betonlab" tashlashi – bularning barchasi bugun "Madrid"da bo'lmaydi.

Ramosni poziciya bo'yicha Militao almashtirar, lekin Karvaxalchi? Ashraf "Inter"ga hech bo'lmasa Madrid orqali ketmaganiga afsuslanish uchun qulay fursat – qadrdon klubida 2-3 o'yin o'tkazardi va keyin Italiyaga yo'l olardi.

"Alaves"ning o'z muammolari va vazifalari bor

"Alaves" xavfli zonadan ancha uzoqda edi va qaysidir pallada evrokuboklarga nomzod ham edi. Biroq chempionat qayta boshlangach, 7 o'yindan 6 tasini yutqazdi. Kuni-kecha "Malorka" "Levante"ni o'z maydonida mag'lub etdi (2:0) va "Alaves" bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirdi. Basklarning daxshatli taqvimini yodga olsak (oldinda "Barsa", "Atletik" va "Xetafe"), Segundaga aynan "Alaves" yo'l olishi ham hech gap emas – Lekin "Malorka"dan pastda qolib ketishi uchun "Alaves" 4 taga ko'proq ochko yo'qotishi talab etiladi. O'zaro o'yinlarga rahmat!

Bularning barchasi Munisa jamoasi (Garitano yaqinda istefoga chiqarildi) oxirgi daqiqalargacha kurashishini bildiradi, lekin qanday? 7 o'yinda 6 mag'lubiyat, to'plar farqi 4:12 jamoa restartga tayyorgarligida jiddiy kamchiliklar bo'lganining isboti. Natijada, ular La Liga bilan xayrlashishlari mumkin.

Murabbiyi o'zgargan "Alaves" futbolchilari "Barselona" muxlislarini xursand qilishadimi? Hamma narsa bo'lishi mumkin.


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика