So’nggi yangiliklar

02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  2 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  6 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  32 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   1 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  0 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  10 23:30Рўзиқул Бердиев: "Ғалабага муносиб ўйин кўрсатдик, Черанга ишонишда давом этамиз"  1 23:23Педру Морейра: "Мендан хафа бўлмайсизлар, бугунги саволларингизга жавоб бера олмайман"  8 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  226 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  5 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  139 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  43

"Real Madrid"da malaka oshirish, "Neftchi" va Abramov, uzoqdan beriladigan zarbalar - Muzaffar Muzaffarov bilan katta intervyu Yangiliklar

"Real Madrid"da malaka oshirish, "Neftchi" va Abramov, uzoqdan beriladigan zarbalar - Muzaffar Muzaffarov bilan katta intervyu

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini bir qator kuchli va yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to'ldirib oldi.

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan qo'qonliklar o'tgan mavsumni "Metallurg" safida o'tkazgan Muzaffar Muzaffarov hisobiga yarim himoya chizig'ini kuchaytirishga erishdi. Ko'pchilik muxlislarga malumki ushbu futbolchi taniqli murabbiy Murod Ismoilovning farzandi hisoblanadi. Uning millionlar o'yinini tanlashiga ham bevosita oiladagi muhit sababchi bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu vaqtga qadar to'p tepgan jamoalarida murabbiylarning va muxlislarning ishonchini qozona olgan ko'p sonli futbolchilardan biri sanaladi. Maydon markazidagi etakchilarga hos harakatlari, o'yinni o'z qo'liga olishdan qo'rqmasligiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Uzoqdan kutilmagan zarabalar, nostandart harakatlar raqib jamoadagi darvozabonlarni qiynab qo'yadi.  Biz esa yaqinda ushbu futbolchini suhbatga chorlab bir qator savollar bilan yuzlandik.

Futboldagi ilk qadamlar

"Barcha bolalar qator menda ham futbolga qiziqish yuqori bo'lgan. Dadam futbol o'ynagan paytlarida meni o'zlari bilan mashg'ulotlarga olib borardilar. Qaysidir yili Buxoro shahriga musobaqaga borgandik. O'shanda "Paxtakor" akademiyasi ham kelgandi. Harakatlarimni ko'rib borib Otabek G'ulomxo'jaev "Paxtakor"ga taklif qilganlar. 10 yoshimda Toshkentga kelganman. Ko'nikish, moslashishda juda qiynalganman. Ko'p marotaba qaytib kelardim uyga. Dadam yana oborib qo'yardilar. Poytaxtda yashash oson emasligini bilganlari uchun dadam do'stlaridan qarz olib menga berardilar. Oxiri "Paxtakor" bizga kvartira ajratgan. Onamlar bilan birga yashardim. Har tomonlama qiyin bo'lgan. 10 yil davomida "Paxtakor"da millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganganman".

"Sug'diyona"da mavsum kashfiyoti bo'lishi yoxud Farg'onadan Jizzaxga.

"2014 yil "Neftchi" o'rinbosarlar jamoasida to'p tepardim. Bahrom Haydarov menga o'zimni Oliy ligada sinab ko'rishim borasida maslahat berganlar. SHundan so'ng "Sug'diyona" bosh murabbiyi Davron Fayzievga meni tavsiya qilganlar. Adashmasam 3 ta uchrashuvda maydonga tushganman. Murabbiyda iliq taassurot qoldirgan bo'lsam kerak malum vaqtdan so'ng shartnoma imzolaganmiz. Davron akaga ishonch bildirganlari uchun rahmat aytaman. Men ham ularning ishonchlarini oqlashga harakat qildim. Jizzaxda muxlislar futbolni yaxshi ko'rishadi. SHu bois klub har mavsum chiroyli o'yin namoyish etadi".



"Neftchi" va Vadim Abramov.

"Ha, "Neftchi" jamoasini Fyodorovdan so'ng ikkinchi davrada Vadim Abramov qabul qilib oldi. Men futbolchi sifatida aytishim mumkinki, Vadim Karlenovich qo'l ostida men yanada ko'proq o'sishga erishdim. Ko'p narsalarni o'rgandim. SHaxsan menga Abramovning hujumkor uslubi yoqadi".

Uzoqdan uriladigan gollar va jarima zarbalari.

"Har bir futbolchini o'ziga yarasha ustun tomonlari bo'ladi. Gohida o'yindagi vaziyatdan kelib chiqib qaror chiqarishingizga to'g'ri keladi. Umuman olganda uchrashuvlarda zarabalar yo'llash o'zimning uslubim hisoblanadi".

"Metallurg"dan ketish va "Qo'qon-1912" safiga qo'shilishi.

"Metallurg"dan ketmoqchi emasdim. O'tgan yili Toshkent klublaridan ham takliflar bo'ldi. Xorijga yo'l olishim ham mumkin edi. Lekin, Andrey SHipilov bilan gaplashib jamoada qolishga qaror qildim. Turkiyadagi yig'in davomida oyog'imni sindirib oldim. Klub rahbarlariga raxmat. O'sha erda jarroxlik amaliyotini o'tkazdim. Bazi bir oilaviy muammolar sabab Farg'onaga qaytishga qaror qildim. Natijada "Qo'qon-1912" bilan shartnoma imzoladim. Ahil va inoq jamoa safiga qo'shildim. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan ham avval ishlaganman. 2018 yil  AGMK jamoasi bilan O'zbekiston kubogida g'olib chiqqandik. Jamoamiz oldiga yuksak vazifalarni qo'ygan. Buning uchun barcha narsa etarli. Kubokdami yoki Superligadami bizga farqi yo'q. Vazifamiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish va o'z maqsadimiz sari oldinga intilish".


Ispaniya va "Real Madrid".

"2009 yil "Paxtakor" bilan Ispaniyaga musobaqaga borganmiz. U erdagilar "Paxtakor"ga taklif bilan chiqishdi. Reja bo'yicha ikki oy Madridda ko'rikda bo'lishim kerak edi. Ular esa biz bilan yana qolasan deb olti oyga cho'zdirishgan. Menga shartnoma ham taklif qilishgandi. Faqat bitta muammo bor edi. Hali pasport olmagandim. Pasport olganingdan keyin yana kelasan deyishgan. Orada ikki yil o'tdi. Jarohat olganimdan keyin qaytib bormadim"

Jaloliddinov va O'runov Moskva jamoalarida bemalol o'ynab keta oladi.

"Ha, oxirgi paytlarda Rossiya klublari o'zbekistonlik futbolchilarga ko'p bor taklif bilan chiqishmoqda. Albatta, bu futbolimiz o'sayotganidan va futbolchilarimiz yaxshi saviyaga chiqib borayotganidan dalolat beradi. Xudo xohlasa bu bollar Moskva shahri jamoalarida bemalol o'ynab keta oladi. SHundan so'ng bizning futbolga bo'lgan qarash va etibor ijobiy tomonga o'zgarsa hech gap emas".

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика