“Real Madrid” murabbiylari ishtirokidagi seminarlarga start berildi
01 iyu 2018 13:57
Yangiliklar


“Real Madrid” murabbiylari ishtirokidagi seminarlarga start berildi
Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi - Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgani xaqida xabar berib o'tgan edik.
Ushbu tashrif dasturiga ko'ra, bugun 1 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasida ispaniyalik mutaxassislar ishtirokida nazariy seminar tashkil qilindi. Seminarda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan bolalar futbol murabbiylari ishtirok etishmoqda.
SHuningdek 1 iyun kuni soat 17:00 dan boshlab ispaniyalik murabbiylar ishtirokida o'zbekistonlik hamkasblari hamda yosh futbolchilarga amaliy mashg'ulotlar tashkil etiladi.
Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo'lib, bolalarga futbol bo'yicha master-klasslar o'tab berishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar