So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

"Real Madrid" – "Malaga" 3:1 MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

"Real Madrid" – "Malaga" 3:1 MATNLI TRANSLYACIYA

"Real Madrid" – "Malaga" o'yinining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

Real Madrid – Malaga 3:1
18 aprel, 23.00, Santyago Bernabeu
Gollar: S.Ramos, X.Rodriges, K. Ronaldu - Xuanmi.
 
Real Madrid
Kasilyas, Arbeloa, Ramos, Pepe, Marselo, Isko, Xames, Kroos, Beyl, Modrich, Ronaldu.

Malaga –
Kameni, Sanches, Anxeleri, Rosales, Boka, Kastilexo, Resio, Samu, Darder, Amrabat, Xuanmi.

Bosh hakam:
Inaki Bikandi
Qanot hakalari:
Andoni Xuerga, Aytor Villate
To'rtinchi hakam: Xaver Iglesias

90+3-daqiqa.
"Real"da yana bir imkoniyat. Tezkor qarshi hujumni Isko boshlab bergan bo'lsa, Xames davom ettirdi, lekin Ronaldudan omad yuz o'girdi va hisob o'zgarmay qoldi.  
 
90+2-daqiqa
. GOOOOOOOOLL!!! Ronaldo gol urdi. CHicharito o'ng qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib bordi va to'pni Ronalduga etkazib berdi. Portugal yaqin masofadan adashmadi va hisob 3:1

90-daqiqa. Bosh hakam asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berdi.

89-daqiqa. Ramosga qarshi qo'pollik.

88-daqiqa.
"Malaga"da yaxshi imkoniyat, lekin Amrabat to'pni darvozaga yo'llay olmadi, qayta oshirilgan to'pni esa himoyachilar qaytarishdi.

86-daqiqa. O'zgarish!!! Duda Serxi Darderning o'rniga maydonga tushdi.
 
83-daqiqa.
"Real" to'pni o'zida ushlab turishga intilmoqda.

81-daqiqa. "Malaga" durrangdan umidvor va imkon topildi deguncha olg'a intilmoqda.

80-daqiqa.
Jarima zarbasidan so'ng, o'yindan tashqari holat yuzaga keldi.
 
79-daqiqa.
Qarshi hujumga o'tib ketayotgan Amrabatni Toni Kroos qo'pollik bilan txtatib qoldi va sariq kartochkaga loyiq topilldi.
 
78-daqiqa.
"Real" raqib himoyasidagi zaif nuqtani izlamoqda. Burchak zarbasi.
 
76-daqiqa.
Birinchi goldagidek vaziyat, Ronaldu qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin bu safar sheriklari to'p yo'nalishini o'zgartira olishmadi. 

75-daqiqa. O'zgarish!!! Arbeloa o'rniga Karvaxal o'yinga qo'shildi.

74-daqiqa
. "Malaga" yarim himoyachisi Samu chap qanotda Arbeloani chiroyli tarzda aldab o'tdi va zarba berdi.
 
O'yin ancha jonlandi!
 
71-daqiqa. "Malaga" taslim bo'lmayapti! Xuanmi o'ng qanotdan oshirib berilgan to'pni ishonchli tarzda darvozaga joylab qo'ydi.

Yana GOOOOOOOOOLLL!!! Xuanmi!

Ikkinchi gol uzoq kuttirmadi, tezkor hujum va Xames Rodriges hisobni yiriklashtirdi.
 
69-daqiqa. Goooooooolll! Xames Rodriges

Yo'q, Ronaldu penaltidan gol ura olmadi!
 
65-daqiqa.
Tezkor qarshi hujum va Kastelexo o'yin qoidasini buzdi.

PENALTI!!! Xames Rodrigesni yiqitishdi!
 
63-daqiqa.
"Malaga" chap qanotdan qarshi hujumga o'tdi, himoyachilar o'z o'rnida, burchak zarbasi.
 
61-daqiqa
. "Real" hujumda, Ronalduning niyati amalga oshmadi.

59-daqiqa. O'yin asosan maydon markaziga yaqin joyda o'tmoqda.
 
57-daqiqa. O'ZGARISH!  Modrich qaytmaydigan ko'rinadi, Ilyaramendi o'yinni davom ettiradi.
 
56-daqiqa. Modrichga nisbatan qo'pollik va xorvat maydonda yotibdi. Naxotki, yana bir majburiy o'zgarish?
 
55-daqiqa. Yana Ambarat faol, lekin hozircha uning zarbalariga aniqlik etishmayapti.
 
54-daqiqa. CHap qanotda Ronaldu-Marselo, Marselo-Ronaldu kombinaciyasi oxiriga etmay qoldi. Portugalning oshirgan to'pini raqiblar olib qo'yishdi.

52-daqiqa. Kroosning jarimadan oshirgan to'pini Ramos darvozaga yo'llay olmadi.

Ajablanmang, chindan ham fol ketidan, fol bo'lyapti.

51-daqiqa. Yana fol, Kastelexo Toni Kroosning ustiga chiqib ketay dedi.

50-daqiqa. Ikkinchi bo'limni jamoalar qo'pol boshlashdi. CHicharito hujumda fol ishlatdi.

49-daqiqa. CHicharito qochib ketayotgandi, unga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

48-daqiqa. Uzoq harakatlardan so'ng, Ramos to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.

47-daqiqa. To'p uchun kurashda Ronaldu raqibi Kastelexoga nisbatan qo'pol o'ynadi. "Malaga" katta kuch bilan jarima maydoniga yo'l olmoqda.

46-daqiqa. Modrich maydon markazida fol ishlatdi.
 
Boshladik!

"Real" futbolchilarining kayfiyati alo!

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda.
 
Qadrli foydalanuvchilar, hech ham havotir olmang! Birinchi bo'limda "Real"ning "toza" gollari va "Malaga"ning bir-ikkita vaziyatidan tashqari hech nimani o'tkazib yubormadingiz! Texnik nosozliklardan hech qaysimiz kafolatlanmaganmiz!

Tanaffus! Hakam bo'limni cho'zib o'tirmadi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

45-daqiqa.
"Real"ning hujumi va Ronalduning zarbasi, noaniq.

44-daqiqa. "Malaga" qarshi hujumga o'tib ketayatgandi, ammo Ambaratning harakatlarini Serxio Ramos "o'qiy" oldi.

41-daqiqa. Marselo qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jamoadoshlariga uzatmoqchi bo'ldi, ammo niyati amalga oshmay qoldi.
 
39-daqiqa. "Malaga" oldinga bordi, lekin Darderning zarbasi noaniq.

38-daqiqa. "Real" 3ta gol urgan bo'lsada, zarbalar 4-5 mehmonlar foydasiga.

"Malaga" o'yinchilari himoyada yaxshi harakat qilishmoqda, shunchaki qanot hakami bir bor adashdi.

35-daqiqa. Yana gol, endi Xames, lekin yana o'yindan tashqari holat.

Yana gol, yana Ramos, yana o'yindan tashqari holat. Faqat bu safar gol inobatga olinmadi.
 
Ronalduning oshirgan to'pini kolumbiyalik uzoq ostki burchakka yo'llagandi, Karlos yana jamoasini qutqarib qoldi.

Xames Rodrigesda yaxshi imkoniyat!

4-raqam egasining chempionatdagi 4-goli!!!

Ronaldu darvoza tomon kuchli zarba berdi, jarima maydonchasi ichidagi Ramos (o'yindan tashqari holatdan bo'lsada) to'p yo'nalishini o'zgartirdi va gol.
 
"Real"chilar yana jarima zarbasini ijro etadi.

Tabiiyki, maydon egalari ko'proq hujum qilishmoqda.

Hozircha jamoalar "erinchoq" o'yin namoyish etishmoqda.

Zarbaaaa!!! Kameni o'z o'rnida.

15-daqiqa. Endi navbat "Real" futbolchilariga. Jarima zarbasi berish imkoniyati.

11-13 daqiqa. Balki ishonmassiz, "Malaga" 2 daqiqaga bo'lsa ham, raqibni jarima maydonchasiga "qamab" qo'ydi.

Kutilganidek, "Real" to'pga egalik qilish orqali natijaga erishmoqchi, raqib qarshi hujumdan o'z omadini izlashga harakat qiladi.

"Malaga"ning birinchi hujumi, Ambarat faol, lekin jamoadoshlari uni qo'llay olishmadi.
 
Har xolda "Malaga"ga qarshi uchrashuvni "qirollik klubi" Beylsiz ham yuta olishi zarur.

Majburiy o'zgarish, lekin bu "Real"ning o'yiniga unchalik tasir qilmasa kerak.

O'zgarish!!! Beylning o'rniga CHicharito maydonga tushdi.

Ana holos! Garet Beyl jarohat oldi va maydonni tark etdi.  

O'yin boshlandi!


Qiziqarli tarafi bugun "Real" markaziy hujumida Ronaldu va Beyl harakat qiladilar.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari. "SA"da futbol oqshomi davom etadi. Bugungi o'yinlar qiziq bo'layapti, "Real" - "Malaga" uchrashuvi ham shunday bo'lsa ajabmas, deganlar bilan La Liganing 32-tur bahsini kuzatib boramiz.

- Uchrashuv soat 23:00da boshlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика