"Real Madrid" - Jahon chempionati finalida FOTO
15 dek 2016 17:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/231183_original.jpg)
![](/upload/storage/231183_220.jpg)
"Real Madrid" - Jahon chempionati finalida FOTO
Uchrashuvning birinchi bo'limida Karim Benzema chiroyli tarzda hisobni ochdi. Bahs oxirida kuni kecha 2016 yilgi "Oltin to'p" sohibiga aylangan Krishtianu Ronaldu yakuniy natijani o'rnatdi - 2:0.
Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa barcha musobaqalardagi mag'lubiyatsiz seriyani 36ta o'yinga etkazib oldi. Finalda "Real" Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubi bilan o'ynaydi. Mazkur bahs 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanadi.
"Amerika" - "Real Madrid" 0:2
Gollar: Karim Benzema 45+2, Krishtianu Ronaldu 90+3.
"Amerika": Munos, Golts, Samudio, Da Silva, Romero (Arroyo 70), Aguilar, Sabuesa, Alvarado (Gerrero 54), Valdes, Peralta, Ibarra (Kintero 61).
"Real Madrid": Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Ronaldu, Kroos (Xames 72), Benzema (Morata 80), Marselo, Kasemiro, Lukas Vaskes, Modrich.
Uchrashuv bo'lib o'tgan stadionda o'zbekistonlik muxlislar davlatimiz bayrog'ini ilib qo'yishdi.
SaytimizningFacebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar