"Real Madrid" - Ispaniya kubogi sohibi
17 apr 2014 02:32
Yangiliklar
"Real Madrid" - Ispaniya kubogi sohibi
Ispaniya kubogi finalidagi "Barselona" hamda "Real Madrid" bahsidan on-layn matnli translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.
- Tata Martinoning "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida qolyapti. Bu mag'lubiyatdan keyin jamoaga boshqa murabbiy olib kelish haqidagi gap so'zlar, potencial nomzodlar nomi yangray boshlaydi. Real esa bugun bayram qiladi. Bunga munosib. Ular bugun g'olib! Ular kuok sohibi! Adios!
- "Barselona" ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'lmoqda. Bu safargi mag'lubiyatning avvalgilardan farqi - bunisida sovrinni raqibga topshirib qo'ydi. Ushbu masumda sovrinsiz qolib ketish uchun yana bir qadam tashladi. Madridliklar hisobida esa eng kamida bitta sovrin bor.
90+3. TAMOM! REAL - ISPANIYA KUBOGI SOHIBI!
90+2. Pinto burchak to'pida jamoasiga yordam berish uchun raqib jarima maydoniga etib keldi. Ko'p ham yordami tegmadi.
90. Uch daqiqa qo'shib berldi o'yinga. uning bir daqiqasi o'tib ham bo'ldi.
88. NEYMAAAAAR!!! Realni goldan hech narsa qutqarib qola olmasdi. Ustun. Darvoza ustuni qutqaruvchilik vazifasini bajardi. Muvaffaqiyatli bajardi.
87. Isko maydonni tark etdi. Uning o'rniga o'yinni Kozemiro davom ettiradi.
85. Bu Garet. U maydondagi futbolchilar orasida eng tezkori. U yugurganchalik hech kim yugurmaydi bu erda. Qanday tezliiik! Aynan g'aroyib, aql bovar qilmas tezligi evaziga hozir Gret Madrid jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
84. GOOOOOOOL. BEEEEYYYLLLL!
82. Bir necha o'nlab qisqa paslardan keyin nihoyat Adriano zarba berishga qaror qildi. 18-19metrlardan berilgan zarba Kasilyasga qiyinchilik tug'dirmadi.
79. MODRIIIICH! Uzoq masofadan kuchli zarbaaa! Darvoza ustuniga tegdi to'p. Juda juda xavfli edi zarba...
76. Serxio Ramos yiqilgan Alveshni turishiga yordam berish uchun qo'l cho'zdi. Dani uning qo'lini urib yubordi. Ramosning ham jaxli chiqdi. Hakam vaziyatni bir yoqli qildi. Hartugul.
75. O'yin asosiy vaqtining tugashiga yana 15 daqiqa vaqt bor.
70. Beyl! Bir yugurishda himoyachilarni ko'rdim demay ortda qolirib ketdi Tottenxem sobiq futbolchisi. Zarba kuchli chiqmadi. Pintoning qo'liga borib qoldi uning ustiga.
68. Burchak to'pidan keyin Bartra hammadan yuqori sakrab, uzoq burchakga kuchli yuo'lmagan zarba bilan to'pni yo'llab qo'ydi. 1:1. Haqiqiy klassiko endi boshlansa ajab emas!
67. GOOOOOOOOOOOOL! BARTRAA! 1:1
64. Bartra kutilmaganda zarba berib qoldi. Kasilyas ham kutmagandi himoyachining uzoqdan zarb berishini. To'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
61. Haa, kameralar tribunada esnab o'tirgan muxlislarni topib olyapti. Kubok finalida! Klassikoda! SHunaqa...
59. Fabregas o'rniga Pedro. Hmm, qiziq, qiziq...
57. Neymar tinimsiz ravishda raqbilarni aldashga kirishyapti. Juda kam hollarda ulardan o'tib ketyapti. Deyarli zarbali vaziyatlarga chiqmayapti.
54. Birinchi bo'lim scenariysi. Boshqa scenarist topishga erinishgan chog'i.
52. "Maskerano Xaver, Pepega qarshi qo'pol o'ynaganingiz uchun aybdor deb topildingiz va bitta sariq kartochka bilan jazolandingiz. Hurmat bilan, Hakam".
49. Leo "men shu erdaman" Messi jarima zarbasini amalga oshirdi. Tribuna xursaand! Messining to'pi ularga kelganidan...
47. Beyllll! Yaqin burchakni nishonga oldi. Nishon urilmadi. Keyingi safar. Balki.
46. Adriano maydonda. Alba o'rniga.
45. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Men sizga aytsam, Tumanli Albionda CHempionlik maslasi deyarli hal bo'lyapti. Social tarmoqlardp asosan o'sha vaziyatni muhokamasi ketyapti. SHu bilan bir qatorda bugungi klassiiko so'nggi vaqtlardagi eng zerikarlilaridan bir ekanini hech kim inkor etmayapti. Ikkinchi bo'lim boshqacha bo'lishidan umidvormiz. Kettik.
45. Hakam hasis ekan. Bir daqiqa ham qo'shmadi. Tamom. Birinchi bo'lim tugadi.
44. Maskerano Benzemaga nisbatan xavfli o'ynadi. Jarima to'pidan keyin uyushtirilgan hujumni Benzema yakunlashi mumkin edi. Lekin zarbasi zarbaga o'xshamadi. To'p oyog'iga tushmadi.
40. Messiii! O, Leo o'yinda ekan, janoblar! Zarbasi aniq chiqmadi. Lekin u aniq maydonda. Real himoyachilari xatosini jazolashga shay ekanini eslatib qo'ydi.
36. Real juda katta tezlikda himoyadan hujumga o'tib ketyapti. Di Mariya, Beyl, Benzema va Iskolarga qarshi har dom ham ulgurishmayapti.
34. ISKOOOOO! Uning zarbasidan keyin himoyachi qutqardi. Pinto tashlangan yo'nalishga qarama-qarsha tomonga zarba bergandi. Darvozabon qaytara olmagan bo'lardi. Makerano tablodagi bir birligicha qolishini taminladi.
31. "Ko'k-anorranglilar" to'pni ko'roq o'zida ushlab turibdi. Bir-biriga qisqa masofada to'pni uzatish bilan band. Hozircha bu biror o'ta xafli vaziyatga olib kelgani yo'q. Real to'pni raqbilar ko'proq ushlab turishiga qarshi emas.
28. Koentro erda yotibdi. Maskerano hakam bilan tortishyapti. Porutgaliyalik bilan to'p uchun aslida Xaver emas Leo Messi kurashgandi. Asablar tarang hammada.
24. Barselona to'pni o'z nazoratiga oldi. Aniq bo'lmagan, aniq bo'lsa kuchli bo'lmagan bir necha zarbalar yo'llandi. Ayrim hujumlarda Kasilyas qutqardi. Har holda kataloniyaliklar faollashdi.
21. Albaaa! Bosh bilan zarbaa! Kasilyas to'pni egallab oldi.
18. Barselona o'yinni qanotlardan tashkil qilishga urinyapti. Nimaga? Rangbaranglik uchunmi?
15. Janjaaal! Arzimas joydan ham to'polon uchun sabab topib olishadi bular o'zaro bahsda. Hmmm. Neymarga ham Pepega ham sariq kartochka. Zora shundan so'ng tinchlanib olishsa, degan maqsadda. Tushundik, janob hakam.
12. Barselona qanotdan hujum uyushtirib havolatib to'pni maydon markaziga yo'llayapti. Savol: Hurmatli bilimdonlar, nima uchun tarkibida yarimta ham bo'ydor futbolchisi bo'lmagan Barsa bunday yo'l tutyapti?
10. Benzema to'pni egallab, yaxshi vaziyatga chiqib borgan di Mariyani payqab unga to'pni etkazib berdi. Anxel esa darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. Pinto qutqarib qololmadi. Valdesni bugun ko'p eslaymizmi, deyman.
09. GOOOOOOOOOOOL! ANXEL! DI! MAAARIIIIYA!
06. Garetdan yana bir zarbaa! Bunisi yanada xavfliroq!.. Er sayyorasining eng qimmatbaho futbolchisi hali eng qimmatbaho zarbalarini yo'llamadi. Lekin hammadan faolroq.
05. Beyyyl! Oldinga o'tib, o'yindagi dastlabki zarbasini yo'lladi! Anig'ini qachon yo'llarkan? Kuzataveraylikchi.
04. Klassikoda futbolchilar qolib, asosiy planga hakamlar chiqib ketmasa degan umidimiz yo'q emas.
03. Oho, o'yin qizg'in boshlandi. uchinchi daqiqadayoq Iskoga sariq kartochka! Neymar erda yotibdi. Bu ishni chiroyli amalga oshiradi u.
01. Kettik! Navbatdagi klassiko tomon! Go'zal futbol ilinjidamiz!
- Agar odatiy mavsumdardan biri bo'lganida, "Barselona" uchun "Real" ni engish, Ispaniya Kubogini qo'lga kiritishdan ko'ra ancha muhimroq sanalgan bo'lardi. Biroq bu odatiy mavsum emas. Bu safar ushbu kubok "Barselona" qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan yagona sovrin bo'lishi mumkin. Hayrli oqshom! Ronaldusiz o'tajak "Klassiko"ga xush kelibsiz!
"Barselona" - "Real Madrid"
"Barselona": Pinto; Alvesh, Alba, Bartra, Maskerano; Inesta, Buskets, Fabregas, Xavi; Messi, Neymar
"Real Madrid": Kasilyac; Karvaxal, Pepe, Ramos, Koentrau; Di Mariya, Beyl, Isko, Luka Modrich, Alonso; Benzema.
Fikrlar