"Real Madrid" futbolchilari yangi BMW avtomobillarini olishdi
17 okt 10:45
Yangiliklar


"Real Madrid" futbolchilari yangi BMW avtomobillarini olishdi
"Real Madrid"ning hamkori BMW jamoa futbolchilariga yangi avtomobillarni taqdim etdi.
Futbolchilar orasida eng qimmat avtomobillarga Tibo Kurtua, Jud Bellinggem, Rodrigo, Din Heysen, Braxim Dias va Ferlan Mendi ega bo'lishdi. Ular qiymati 200 ming evro bo'lgan XM modellarini tanlashdi.
BMW i7 avtomobilini Kilian Mbappe, Vinisius, Arda Guler, Eder Militao, Daniel Karvaxal, Antonio Ryudiger, Alvaro Karreras, Endrik, Raul Asensio va, shuningdek, bosh murabbiy Xabi Alonso tanlashdi. Ushbu avtomobilning narxi 135 ming evro.
Shuningdek, Andrey Lunin M5 (160 ming evro), Trent Aleksander-Arnold va Eduardo Kamavinga iX (80 ming evro) va Gonsalo Garsiya i5 (70 000 evro), Franko Mastantuono i4 (narxi 50 000 evro) kabi avtomobillarga ega bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Laporta qaytib xavini chaqirmiman deyatgan ekan flanwetni qaytib bermaganligi un